To see the other types of publications on this topic, follow the link: Axloqiy qadriyatlar.

Journal articles on the topic 'Axloqiy qadriyatlar'

Create a spot-on reference in APA, MLA, Chicago, Harvard, and other styles

Select a source type:

Consult the top 50 journal articles for your research on the topic 'Axloqiy qadriyatlar.'

Next to every source in the list of references, there is an 'Add to bibliography' button. Press on it, and we will generate automatically the bibliographic reference to the chosen work in the citation style you need: APA, MLA, Harvard, Chicago, Vancouver, etc.

You can also download the full text of the academic publication as pdf and read online its abstract whenever available in the metadata.

Browse journal articles on a wide variety of disciplines and organise your bibliography correctly.

1

BO, Tian. "KONFUTSIYNING "EZGULIK" VA "ODOB-AXLOQ" NAZARIYALARINING AN’ANAVIY XITOY AXLOQI VA QADRIYATLAR TIZIMIGA TA’SIRI." UzMU xabarlari 1, no. 1.5 (2024): 62–64. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.5.5200.

Full text
Abstract:
"Ezgulik" va "odob-axloq" Konfutsiy falsafasining asosiy tushunchalaridir. An’anaviy xitoy axloqi va qadriyatlar tizimida “yaxshilik” va “odob-axloq” ta’limotlari muhim o‘rin tutadi va Xitoy xalqining axloqiy tushunchalari, qadriyatlari va xulq-atvor qoidalarini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu maqola Konfutsiyning "yaxshilik" va "odob-axloq" haqidagi fikrlarining mazmuni va asosiy elementlarini tahlil qilish va an’anaviy xitoy axloqiga ta’sirining ahamiyatini o‘rganishga qaratilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
2

Yusupova, Feruza. "АХLOQIY TАFАKKURNING TАKOMILАSHUVIDA АХLOQIY IDЕАLGА BOʻLGAN ЕHTIYOJ". Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 4, S/9 (2024): 285–90. https://doi.org/10.47390/spr1342v4si9y2024n41.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada axloqiy tafakkurning takomillashuvi uchun axloqiy idealga ehtiyoj mavjudligi ideal axloqqa nisbatan belgilovchi, toʻldiruvchi va eʼtiqod shaklini oʻtashi, axloqiy ideal oʻtmish va kelajakni bogʻlab, yuksak tushunchalar, milliy-etnik qadriyatlar va umuminsoniy qadriyatlarni bitta shaxsga birlashtirishini taʼkidlash orqali yoritilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
3

Qoʻchqorova, Sarvinoz Baxtiyor qizi. "BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI OILADA MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA AXLOQIY TARBIYALASH". GOLDEN BRAIN 3, № 10 (2025): 145–50. https://doi.org/10.5281/zenodo.15515316.

Full text
Abstract:
<em>Ushbu maqolada &ldquo;Boshlangʻich sinf o&lsquo;quvchilarini oilada milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalash&rdquo; da o&lsquo;quvchilarni milliy qadriyatlar, an&rsquo;analar, va axloqiy me&rsquo;yorlarga asoslanib, to&lsquo;g&lsquo;ri tarbiyalash va ularni sog&lsquo;lom axloqiy muhitda rivojlantirishdan iboratdir. Bunda o&lsquo;quvchilarni o&lsquo;z xalqining madaniyati, urf-odatlari, an&rsquo;analari va ma&rsquo;naviy qadriyatlari bilan tanishtirish orqali, ularning axloqiy ongini shakllantirish va to&lsquo;g&lsquo;ri ijtimoiy va shaxsiy qarorlar qabul qilishga o&lsquo;rgatish maqs
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
4

NASIMOV, Azizbek. "AXLOQIY QADRIYATLAR VA AXLOQIY ME’YOR HAQIDAGI QARASHLAR EVOLUTSIYASI." UzMU xabarlari 1, no. 1.5.1 (2024): 154–55. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.5.1.4696.

Full text
Abstract:
Maqola axloq, axloqiy qadriyatlar va axloqiy me’yor haqidagi qarashlarning falsafiy mezonlari tahlil qilingan. Shuningdek, axloq va axloqsizlik tushunchasining o‘zaro bog‘liqligi, uning jamiyatga ta’siri, axloqiy me’yorlarni tan olmaslikning sa’lbiy jihatlari yoritilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
5

QAXOROV, Pulotjon. "INSON GOʻZALLIGI VA AXLOQIY QADRIYATLAR UYGʻUNLIGI". UzMU xabarlari 1, № 1.4 (2025): 125–27. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.4.7229.

Full text
Abstract:
Go‘zallik va axloqiy qadriyatlar bir-biriga bog‘liqdir va bu insonga haqiqiy go‘zallikni tushunish va qadrlash imkonini beradi. Insonda axloqiy kamolotga ehtiyoj bor, taraqqiyotning ta’siri tashqi go‘zallikda bo‘lishi kerak, chunki ichki go‘zallik, odob-axloq, yuksak axloqiy qadriyatlar kabi ijobiy fazilatlar jamiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday uyg‘unlik faqat shaxsiy dunyoda emas, balki jamiyatda juda zarur bo‘lgan hurmat, adolat va tinchlikni saqlaydi
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
6

Yusupova, Sadoqat Tashkul qizi. "TEMURIYLAR ASARLARIDA AXLOQIY QADRIYATLAR VA ULARNING ZAMONAVIY TA'LIMGA TATBIQI." Journal of Contemporary World Studies 2, no. 10 (2024): 47–49. https://doi.org/10.5281/zenodo.14862856.

Full text
Abstract:
Ushbu ilmiy maqolada, Temuriylar asarlarida aks etgan axloqiy qadriyatlar va ularning zamonaviy ta&rsquo;lim tizimiga tatbiqi masalalari ko&lsquo;rib chiqilgan. Maqolada Amir Temur, Navoiy va Ulug&lsquo;bek kabi buyuk shaxslarning axloqiy qarashlari va ularning asarlarida insonparvarlik, adolat, ilmga hurmat kabi qadriyatlarni o&lsquo;rgatishdagi o&lsquo;rni tahlil qilinadi. Temuriylar asarlaridagi axloqiy qadriyatlarni zamonaviy ta&rsquo;lim tizimiga tatbiq etishning muhimligi va raqamli ta&rsquo;lim vositalari yordamida bu qadriyatlarni talabalarga o&lsquo;rgatishning samarali yo&lsquo;llari
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
7

Sevaraxon TILLAXO‘JAEVA. "SHАRQ VА GʼАRB XАLQ ERTАKLАRIDА АXLOQIY QАDRIYATLАRNI АRGUMENTLАSHDАGI XILMА-XILLIK". UzMU xabarlari 1, № 1.1 (2024): 156–59. http://dx.doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.1.417.

Full text
Abstract:
Axloqiy qadriyatlar jamiyat a’zolarini totuvlikda yashashiga ko‘maklashuvchi va ularni turli ixtiloflarga kelishidan qaytaruvchi qoida va mezonlar to‘plami hisoblanadi. Jamiyatdagi ushbu mezonlar vorisiylik xarakteriga ega bo‘lib, ularni avloddan-avlodga o‘tishida xalq og‘zaki ijodi, xususan, ertaklar katta rol o‘ynaydi. Ertaklarda axloqiy qadriyatlarning namoyon bo‘lishi argumentlash asosida ro‘y beradi. Ushbu maqola Sharq va G‘arb xalq ertak namunalaridan, o‘zbek xalq ertagi “Bo‘zbola” hamda ingliz xalqining “Jek va loviya poyasi” ertagidagi axloqiy qadriyatlarni argumentlash usullarini soli
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
8

RAXIMOVA, Sevara. "YANGI O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASHNING MA’NAVIY-AXLOQIY MEXANIZMLARI." UzMU xabarlari 1, no. 1.2.1 (2025): 155–57. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.2.1.6712.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda jamiyat barqarorligini mustahkamlashda maʼnaviy-axloqiy mexanizmlarning oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Prezident asarlari va nutqlaridan olingan iqtiboslar hamda zamonaviy ilmiy manbalarga asoslanib, jamiyatda barqarorlikni shakllantirishda milliy qadriyatlar, odob-axloq va axloqiy masʼuliyatning ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, maʼnaviy-axloqiy siyosatning metodologik, amaliy va nazariy jihatlarini oʻrganish orqali islohotlarning samaradorligini oshirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqiladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
9

МАДЖИДОВА, Раъно. "ANTROPOTSENTRIK MAQOLLARDA INSON HAQIDAGI AXLOQIY-ESTETIK QADRIYATLAR TASNIFI." UzMU xabarlari 1, no. 1.5.1 (2024): 303–6. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.5.1.4995.

Full text
Abstract:
Ushbu maqola zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammosi – o‘zbek va rus tillari maqollari asosida insonning chuqur, kuchli, jonli emotsionallik qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lgan axloqiy va estetik qadriyatlarni tushunish va idrok etish muammosiga bag‘ishlangan. tajribalar, kayfiyat va his-tuyg'ularning ko'p soyalarini idrok etish qobiliyati. Maqolada axloqiy va estetik qadriyatlar tasnifi berilgan, turli tillar tizimidagi maqollar tahlil qilinadi va tavsiflanadi. O'rganilayotgan tillar va madaniyatlarda baholash tushunchasi umumiy xususiyatlarga ega. O'rganilayotgan ko'p tizimli tillarda antro
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
10

NURULLAYEVA, Umida. "SOTSIOLOGIYADA QADRIYATLARNI OʻRGANISH METODOLOGIYASI". ФУНДАМЕНТАЛ ТАДҚИҚОТЛАР ЖУРНАЛИ 3, № 3 (2023): 14–18. https://doi.org/10.5281/zenodo.7714574.

Full text
Abstract:
Maqolada mahalliy va xorijiy olimlarning qadriyatlar yoʻnalishida olib borgan izlanishlari, ular yaratgan qadriyatlar tipologiyasi, qadriyatlar tizimidagi oʻzgarishlarning ma&rsquo;naviy va axloqiy oqibatlari, qadriyatlar oʻzgarishini tadqiq qilishning dolzarbligi yoritilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
11

Akbar ESHMURODOV. "“OMMAVIY MADANIYAT”NING JAMIYAT MAʼNAVIY XAVFSIZLIGIGA TAʼSIRI". UzMU xabarlari 1, № 1.2.1 (2024): 269–72. http://dx.doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.2.1.1218.

Full text
Abstract:
Maqolada “ommaviy madaniyat”ning paydo boʻlishi, tarixiy rivojlanishning gʻoyat ziddiyatli va murakkab bosqichini boshidan kechirayotgani, azaliy qadriyatlar oʻrnini faqat shaxsiy manfaat, aysh-ishrat, huzur-halovat mayllariga yoʻgʻrilgan “yangi axloq” va “eʼtiqod” egallayotgani koʻrsatilgan. Axloqiy qadriyatlar huquqiy meʼyorlar bilan almashtirilayotgani, demografik, milliy-etnik va maʼnaviy asoslarining yemirilayotgani yaqqol koʻzga tashlanayotganligi qayd etilgan. Shuningdek, maʼnaviy tahdidlarning milliy-maʼnaviy xavfsizligimizga taʼsiri, uning salbiy oqibatlari bayon qilingan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
12

Akbar ESHMURODOV. "“OMMAVIY MADANIYAT”NING JAMIYAT MAʼNAVIY XAVFSIZLIGIGA TAʼSIRI". UzMU xabarlari 1, № 1.2.1 (2024): 269–72. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.2.1.1218.

Full text
Abstract:
Maqolada “ommaviy madaniyat”ning paydo boʻlishi, tarixiy rivojlanishning gʻoyat ziddiyatli va murakkab bosqichini boshidan kechirayotgani, azaliy qadriyatlar oʻrnini faqat shaxsiy manfaat, aysh-ishrat, huzur-halovat mayllariga yoʻgʻrilgan “yangi axloq” va “eʼtiqod” egallayotgani koʻrsatilgan. Axloqiy qadriyatlar huquqiy meʼyorlar bilan almashtirilayotgani, demografik, milliy-etnik va maʼnaviy asoslarining yemirilayotgani yaqqol koʻzga tashlanayotganligi qayd etilgan. Shuningdek, maʼnaviy tahdidlarning milliy-maʼnaviy xavfsizligimizga taʼsiri, uning salbiy oqibatlari bayon qilingan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
13

Tursunboyeva, Xushnozbegim Dilmurod qizi. "O'QUVCHI YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK OMILLARI." JOURNAL OF INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH 2, no. 2 (2025): 80–85. https://doi.org/10.5281/zenodo.14684289.

Full text
Abstract:
<em>Maqolada о&rsquo;quvchi yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik omillari tahlil qilinadi. Milliy qadriyatlar &ndash; bu xalqning tarixiy, madaniy, axloqiy va estetik boyliklaridan iborat bo&rsquo;lib, ular yosh avlodni millatga, uning an'analari va urf-odatlariga hurmat bilan qarashga, o&rsquo;zligini anglashga yo&rsquo;naltiradi. Ushbu maqolada milliy qadriyatlarni tarbiyalashda o&rsquo;qituvchilarning pedagogik kompetensiyasi, tarbiyaviy jarayonning tashkil etilishi, ota-onalar bilan hamkorlik va zamonaviy pedagogik metodlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, mi
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
14

Tolliboyev, Dilshod. "IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR ORASIDAGI MA'NAVIYATGA TA'SIRI." Journal of International science networks 1, no. 4 (2025): 2–5. https://doi.org/10.5281/zenodo.14890922.

Full text
Abstract:
<em>Mazkur ilmiy maqola ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar orasidagi ma&rsquo;naviyatga ta&rsquo;sirini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotiga bo&lsquo;lgan ijobiy va salbiy ta&rsquo;sirlari ko&lsquo;rib chiqiladi, ayniqsa ularning axloqiy qadriyatlar, o&lsquo;zlikni anglash va ijtimoiy faollikka bo&lsquo;lgan ta&rsquo;siri muhokama qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ma&rsquo;naviy qadriyatlarni rivojlantirish uchun qanday usullar va yondashuvlar mavjudligi tahlil etiladi. Yoshlar uchun ijtimoiy tarmoqlarni axloqiy va ma&rsquo;naviy ta&rsquo;lim berish
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
15

Suvanova, Chehroza. "MA'NAVIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISHDA TEATR SAN'ATINING O'RNI." ACUMEN: INTERNATIONAL JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH 1, no. 4 (2024): 66–72. https://doi.org/10.5281/zenodo.14145724.

Full text
Abstract:
Mazkur maqola, ma&rsquo;naviy tarbiyani takomillashtirishda teatr san&rsquo;atining o&lsquo;rni va ahamiyatini tahlil etadi. Teatr, o&lsquo;zining estetik va ma&rsquo;naviy ta&rsquo;sirini orqali shaxsiyatni shakllantirishda, axloqiy qadriyatlarni tarbiyalashda va yoshlarni yuksak ma&rsquo;naviyatga yo&lsquo;naltirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada teatrning tarbiyaviy imkoniyatlari, uning axloqiy va estetik ta&rsquo;siri, hamda yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirishdagi roli keng yoritiladi. Shuningdek, teatr asarlari orqali insoniy tuyg&lsquo;ular, adolat, haqiqat va m
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
16

Malika, Umarova. "Abdulla Avloniy pedagogik merosida yoshlar ekologik tafakkurini rivojlantirish g'oyalari." Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali 3, no. 1 (2025): 6–10. https://doi.org/10.5281/zenodo.14656388.

Full text
Abstract:
Mazkur maqola Abdulla Avloniy pedagogik merosida yoshlar ekologik tafakkurini rivojlantirish g&lsquo;oyalarigabag&lsquo;ishlangan bo&lsquo;lib, unda mamlakatimizda ajdodlarimizning milliy tarixiy madaniy merosi va ma&rsquo;naviy qadriyatlarinio&lsquo;rganishga keng imkoniyatlar yaratilganligi ta&rsquo;kidlanadi. Shuningdek, inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlarningmuhim ahamiyatga ega ekani qayd etiladi. Tabiiy qadriyatlarga yer va yer osti boyliklari, suv, havo, o&lsquo;rmonlar, o&lsquo;simliklar,hayvonot dunyosi va boshqa resurslar kiradi. Axloqiy qadriyatlar esa kishilarning bi
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
17

Yusupova, Ranoxon. "TEXNIK TАRАQQIУOT AXLOQIY-STRАTEGIK RESURS SIFАTIDА". Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5, S/5 (2025): 117–20. https://doi.org/10.47390/spr1342v5si5y2025n18.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada texnik taraqqiyotning zamonaviy jamiyatda axloqiy-strategik resurs sifatidagi oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Axloqiy qadriyatlar bilan uygʻunlashgan texnologik yutuqlar qanday qilib inson kapitalini rivojlantirishga, ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilishi mumkinligi izohlanadi. Shuningdek, texnik taraqqiyotga asoslangan strategik qarorlar qabul qilishda axloqiy mezonlarning hisobga olinishi zaruriyati asoslanadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
18

Raxmat NAVRUZOV, Mansurjon IMINJANOV,, and Zarifboy JABBAROV. "BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING VATANPARVARLIK TUYG‘USINI RIVOJLANTIRISH – IJTIMOIY PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA." UzMU xabarlari 1, no. 1.3 (2024): 160–64. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.3.1342.

Full text
Abstract:
Usbu maqolaning dolzarbligi shundaki, bo‘lajak harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish va axloqiy tarbiyalash uzoq muddatli pedagogik faoliyat bilan bog‘liq. Ijtimoiy o‘zgarishlar davrida odatda oldingi qadriyatlar yo‘qotilib, yangi ma’naviy va axloqiy o‘zgarishlarni talab etadigan ko‘rsatmalar, shaxsning ma’naviy va axloqiy rivojlanishidagi inqirozlar, bizga begona bo‘lgan madaniyat va xulq-atvor modellari paydo bo‘ladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
19

Umarov, Muhammadqodir Shokirali o'g'li. "AXLOQIY EHTIYOJLAR TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISHI." Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 4, no. 26 (2024): 452–56. https://doi.org/10.5281/zenodo.14544891.

Full text
Abstract:
<em>Mazkur maqolada axloqiy ehtiyojlar tushunchasi va uning paydo bo&lsquo;lishining mazmun mahiyati ifodalangan. Axloqiy ehtiyojlar - insonning axloqiy va ma'naviy qadriyatlar bilan bog'liq bo&lsquo;lgan ehtiyojlaridir. Ular, odatda, odamning shaxsiy va ijtimoiy hayotida to&lsquo;g&lsquo;ri va adolatli xatti-harakatlarni talab qilishga bog&lsquo;liq bo&lsquo;ladi. Axloqiy ehtiyojlarning paydo bo&lsquo;lishi insoniyatning tarixiy rivojlanishi va madaniy qadriyatlarining shakllanishi jarayonida yuzaga kelgan.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
20

G‘ULOMOV,, Shavkat. "YOSHLAR MA’NAVIY- AXLOQIY DUNYOQARASHINI YUKSALTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI." UzMU xabarlari 1, no. 1.3 (2025): 88–89. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.3.6857.

Full text
Abstract:
Raqamli asrda texnologiya yoshlar hayotini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning yoshlarning ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga ta’sirini o‘rganadi. Mavjud adabiyotlar va amaliy tadqiqotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish orqali tadqiqot raqamli platformalar, ta’lim dasturlari va ijtimoiy media yoshlarda axloqiy qadriyatlar, ma’naviy ong va axloqiy fikrlashni rivojlantirishga qanday hissa qo‘shishini ta’kidlaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar qiyinchiliklar tug‘dirishi bilan birga, yoshlarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini yuksalti
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
21

Azimov, Ulug'bek Abduxalilovich. "TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA AKSIOLOGIYA." GOLDEN BRAIN 1, no. 13 (2023): 201–4. https://doi.org/10.5281/zenodo.7940410.

Full text
Abstract:
<em>Ushbu maqolada ta&rsquo;lim-tarbiya jarayoni, yoshlarning ma&rsquo;naviy, axloqiy fazilatlarini rivojlantirish borasida milliy, ma&rsquo;naviy hamda axloqiy qadriyatlarning o&lsquo;rni, G&lsquo;arb va Sharq falsafasida qadriyatlar tizimi,</em><em> voqelikka aksiologik munosabatga doir ilmiy-nazariy yondashuv va konsepsiyalar haqida ma&rsquo;lumotlar berilgan.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
22

Niyazov, Erkin Shamsiyevich. "HARBIY TA'LIMDA AXLOQIY VA VATANPARVARLIK TARBIYASINING O'RNI." Journal of Universal Science Research 2, no. 9 (2024): 7–9. https://doi.org/10.5281/zenodo.13645117.

Full text
Abstract:
Ushbu maqola zamonaviy harbiy ta'limda axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasining o&lsquo;rnini o&lsquo;rganadi. Axloqiy qadriyatlar va vatanparvarlik hissini shakllantirish harbiy xizmatchilarning professionalligi, xizmatga bo&lsquo;lgan sadoqatini oshirishda muhim rol o&lsquo;ynaydi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik metodlar, ta'lim dasturlari, amaliy tajribalar va strategiyalar tahlil qilinadi. Maqola axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasining samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo&lsquo;lgan strategiyalar va usullarni ko&lsquo;rib chiqadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
23

Sa'dullayev, Sanjar, and Umidjon Rahmatullayevich Fayzullayev. "BO'LG'USI VETERINAR MUTAXASSISLARINI AXLOQIY TARBIYALASHDA MILLIY-MA'NAVIY MEROS VA TARIXIY QADRIYATLARNING O'RNI." USTOZLAR UCHUN 57, no. 2 (2024): 297–301. https://doi.org/10.5281/zenodo.11147770.

Full text
Abstract:
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo&lsquo;lg&lsquo;usi veterinar mutaxassislarini milliy-ma&rsquo;naviy meros va tarixiy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalashda ularda ijobiy fazilatlarni shakllantirish nazarda tutiladi. Shuningdek, maqolada milliy-ma&rsquo;naviy meros va tarixiy qadriyatlar tushunchalari mazmuni, ularning mohiyati borasidagi ilg&lsquo;or milliy va xorijiy tajribalar tahlil qilingan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
24

Munira, Raupova. "Ijtimoiy axloq mezonlari hamda qadriyatlar asosida bo'lajak o'qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirish omillari." Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali 1, no. 8 (2024): 6–9. https://doi.org/10.5281/zenodo.14616415.

Full text
Abstract:
Maqolada ta&rsquo;limdagi islohotlar asosida jamiyatda o&lsquo;qituvchilik kasbining mavqei, axloqiy fazilatlarnio&lsquo;zlashtirish asosida bo&lsquo;lajak o&lsquo;qituvchilarni huquqiy ijtimoiylashtirishda axloqiy me&rsquo;yor va qadriyatlarning ahamiyati,axloqiy me&rsquo;yorlarning mazmuni, o&lsquo;qituvchi kasbiy fazilatlari mazmuni olimlarning yondashuvlari asosida yoritib berilgan.O&lsquo;qituvchilik kasbida xulq-atvorni o&lsquo;zlashtirish va pedagogik faoliyatga amaliy qo&lsquo;llash bo&lsquo;yicha ko&lsquo;nikma va malakalarnishakllantirish, jamiyat tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
25

Shakarov, Oybek. "O‘ZBEK XALQI ETOSFERASIDA KORRUPSION MUNOSABATLAR PAYDO BO‘LISH SABABLARINING FALSAFIY TAHLILI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 4, no. 12 (2024): 136–39. https://doi.org/10.47390/spr1342v4i12y2024n19.

Full text
Abstract:
Korrupsiya ijtimoiy hayotning chuqur ildiz otgan salbiy fenomenidir. Uning paydo bo‘lishi nafaqat iqtisodiy yoki huquqiy muammolar, balki axloqiy, madaniy va falsafiy jihatlar bilan ham bog‘liq. O‘zbekiston xalqi etosferasi doirasida korrupsion munosabatlarning shakllanish sabablarini falsafiy tahlil qilishda tarixiy meros, madaniy anʼanalar, axloqiy qadriyatlar va zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni birgalikda o‘rganish zarur.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
26

Guzal, Ergasheva. "Umuminsoniy va diniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirishda dialektikaning roli." «Maktabgacha va maktab ta'limi» jurnali 3, no. 4 (2025): 6–9. https://doi.org/10.5281/zenodo.15227273.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada umuminsoniy va diniy qadriyatlarning yoshlar ongiga singdirilishi jarayonida dialektikaningahamiyati yoritilgan. Dialektik tafakkur usuli yordamida qadriyatlarning tarixiy va zamonaviy nuqtai nazardan talqinqilinishi, ularning yoshlar maʼnaviy dunyoqarashi va hayotiy tanlovlariga taʼsiri ko&lsquo;rib chiqiladi. Shu bilan birga, diniy vaumuminsoniy qadriyatlar uyg&lsquo;unligining falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Maqolada yoshlarning axloqiy va maʼnaviy jihatdanyetuk shaxs bo&lsquo;lib shakllanishida dialektik yondashuvning samaradorligi ko&lsquo;rsatib berilgan. Tadqiqot xulo
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
27

Tavmurodov, Jamshid. "MIRZO BЕDIL FALSAFASIDA AXLOQIY-ЕSTЕTIK QADRIYATLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABAT". TAMADDUN NURI JURNALI 3, № 66 (2025): 41–43. https://doi.org/10.69691/kmzkmy27.

Full text
Abstract:
This articlе analyzеs thе philosophical and artistic viеws of Mirzo Bеdil, rеvеaling thе rеlationship bеtwееn his moral and aеsthеtic valuеs. Thе articlе shows that Bеdil’s philosophical idеas arе mainly rеlatеd to thе human psychе, aеsthеtic thinking and еthical issuеs, and his uniquе viеws show an attеmpt to undеrstand thе innеr world of man, aеsthеtic and еthical valuеs. In Bеdil's poеtic and philosophical hеritagе, aеsthеtic and еthical concеpts complеmеnt еach othеr, and his works also еxprеss thе subtlеtiеs of thе rеlationship bеtwееn thеsе two arеas. Thе articlе, analyzing thе aеsthеtic
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
28

Qurbonova, Maftuna Faxriddinovna. "Qadriyatlar insoniyatning madaniy va axloqiy taraqqiyotida tutgan o'rni." Research and implementation 3, no. 2 (2025): 51–55. https://doi.org/10.5281/zenodo.14858932.

Full text
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
29

Еrnazarova, Sapura. "BЕRDAQ FALSAFASIDA INSON BARKAMOLLIGI VA AXLOQIY QADRIYATLAR MASALASI". TAMADDUN NURI JURNALI 4, № 67 (2025): 52–55. https://doi.org/10.69691/mns80v07.

Full text
Abstract:
In thе philosophy of thе grеat poеt of thе Karakalpak pеoplе Bеrdakh, moral concеpts arе analyzеd in a uniquе way. Hе еnvisionеd thе idеa of a pеrfеct pеrson in thе imagе of a rеligious and еducatеd pеrson of his timе. In this articlе, thе philosophical aspеcts of thе еmеrgеncе of human pеrfеction through moral valuеs in Bеrdakh’s viеws arе analyzеd.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
30

Xursanova, Matluba Gʻanisher qizi. "MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNI IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONIDA JAMIYATDAGI QADRIYATLAR, XULQ-ATVORLARNI SHAKLLANTIRISH YOʻLLARI". Yosh Tadqiqotchi 1, № 3 (2022): 187–90. https://doi.org/10.5281/zenodo.6487655.

Full text
Abstract:
Ijtimoiylashtir jarayonida yosh avlodni maʼnaviy va madaniy meros, anʼanalarni ongiga singdirish yoʻllarini shakllantirish, tizimli yondashuvlar asosida tarbiyalanuvchilarni jamiyatdagi qadriyatlar va axloqiy meʼyorlar haqida tushuncha berish.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
31

O'g'iljan, Ataniyazova. "Mаktаbgаchа yоshdаgi bоlаlаrni milliy qаdriyаtlаr аsоsidа tаrbiyаlаshning ahamiyati". Maktabgacha va maktab ta'limi jurnali 3, № 1 (2025): 7–9. https://doi.org/10.5281/zenodo.14685417.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash texnologiyalarinitakomillashtirish masalalari o&lsquo;rganiladi. Milliy qadriyatlar bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish, vatanparvarlik, mehroqibatva jamiyatga hurmatni rivojlantirishda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar,innovatsion o&lsquo;yin texnologiyalari va milliy urf-odatlarga asoslangan usullar tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalarva pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati, bolalarning o&lsquo;ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda samara
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
32

Yusupova, Ranoxon. "IJTIMOIY MUHIT TEXNOGEN SIVILIZATSIYA VA AXLOQ MASALALARI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5, no. 6 (2025): 238–41. https://doi.org/10.47390/spr1342v5i6y2025n38.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada zamonaviy texnogen sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ijtimoiy muhitga koʻrsatilayotgan taʼsirlar tahlil qilinadi. Texnologik taraqqiyot natijasida yuzaga kelayotgan axloqiy muammolar, inson va jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning murakkablashuvi, shuningdek, ekologik va madaniy muhitda yuzaga kelgan nomutanosibliklar asosida ijtimoiy axloqning zaiflashuvi muhokama qilinadi. Maqola texnogen taraqqiyot va axloqiy qadriyatlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni ochib beradi hamda ularni muvozanatga keltirish yoʻllari haqida takliflar beradi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
33

Oybek SHAKAROV. "JAMIYATDA KORRUPSION MUNOSABATLAR SABABLARINI KAMAYTIRISHDA AXLOQIY IDEALNING AHAMIYATI." UzMU xabarlari 1, no. 1.9 (2024): 226–28. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.9.4038.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada ijtimoiy hayotda paydo bo‘ladigan g’ayriaxloqiy korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar tahlil qilinib, ularga qarshi tura oladigan aksiologik madaniy munosabatlar keltirib o‘tilgan. Korrupsiyaning kelib chiqishi, avj olishi o‘z navbatida jamiyatda shakllangan turli qadriyatlar mohiyatiga bog’liq. Turli vositalar orqali jamiyat axloqiy qadriyatlariga ta’sir o‘tkazish korrupsion munosabatlarni kamaytirishga olib keladi. Maqola aynan mana shunday dolzarb masalalarga bag’ishlanib, jamiyatda korrupsion munosabatlar sabablarini kamaytirishda axloqiy idealning ahamiyati k
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
34

Naimjon XOJIQULOV. "MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARINING O‘G‘IL BOLA TARBIYASIGA OID QARASHLARINING O‘ZIGA XOSLIGI." UzMU xabarlari 1, no. 1.1 (2025): 219–21. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.1.6314.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘g‘il bola tarbiyasi haqidagi qarashlari mintaqaning tarixiy, madaniy va diniy an’analari ta’sirida shakllangan o‘ziga xos xususiyati ochib berilgan. O‘g‘il bola tarbiyasini madaniyatlar sintezi, oila va jamiyatning o‘rni, axloqiy qadriyatlar, ta’lim va fan, jismoniy rivojlanish rakurslarida tahliliy ko‘rib chiqilgan. O‘rta Osiyo mutafakkirlarining o‘g‘il bola tarbiyasi haqidagi qarashlarining o‘ziga xosligi ma’naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanish, madaniy an’analar va jamoaviy qadriyatlariga asoslanganligi bo‘yicha xulosalar fal
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
35

Kurbanbaeva, Ulbosin. "EKOLOGIK TARBIYANING GUMANISTIK MOHIYATI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5, S/5 (2025): 136–39. https://doi.org/10.47390/spr1342v5si5y2025n22.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada ekologik tarbiyaning gumanistik mohiyati tahlil qilinadi. Unda inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻun munosabat, ekologik ong, qadriyatlar, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning ahamiyati yoritiladi. Xususan, ekologik tarbiyani shaxsda tabiatga nisbatan masʼuliyatli munosabatni shakllantiruvchi jarayon sifatida koʻrib chiqiladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
36

Xаyrullа NISHОNОV. "MА’NАVIY-MА’RIFIY JАRАYОN VА KОRPОRАTIV MАDАNIYАT О‘ZАRО BОG‘LIQLIGI: MULОQОT, MЕHNАT MUNОSАBАTLАRI, QАDRIYАTLАR". UzMU xabarlari 1, № 1.3 (2025): 151–53. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.3.6834.

Full text
Abstract:
Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarning integratsiyalashuvi korporativ madaniyatning shakllanishi va rivojlanishigasezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqola uchta asosiy o‘lchovni ko‘rib chiqish orqali ushbu jarayonlar o‘rtasidagi dinamik aloqanio‘rganadi: aloqa, mehnat munosabatlari va qadriyatlar. Samarali muloqot shaffoflik va o‘zaro hurmatni ta’minlaydi, axloqiy tamoyillargaasoslangan mehnat munosabatlari hamkorlikni mustahkamlaydi. Tashkilot bo‘ylab taqsimlangan qadriyatlar yaxlit va mustahkamkorporativ madaniyat uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu o‘lchovlarni tahl
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
37

Atanyazova, O'g'iljan. "MАKTАBGАCHА YОSHDАGI BОLАLАRNI MILLIY QАDRIYАTLАR АSОSIDА TАRBIYАLАSHNING AHAMIYATI". Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 3, № 1 (2025): 188–92. https://doi.org/10.5281/zenodo.14656904.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash texnologiyalarini takomillashtirish masalalari o&lsquo;rganiladi. Milliy qadriyatlar bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirish, vatanparvarlik, mehr-oqibat, va jamiyatga hurmatni rivojlantirishda muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion o&lsquo;yin texnologiyalari va milliy urf-odatlarga asoslangan usullar tahlil qilinadi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati, bolalarning o&lsquo;ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
38

Shonazarova, Sevara Rashidovna. "UMUMTA'LIM MAKTAB O'QUVCHILARIDA AKSIOLOGIK TUSHUNCHALAR ASOSIDA ILMIY DUNYOQARASHNING SHAKLLANTIRISH." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 5, no. 4 (2025): 804–6. https://doi.org/10.5281/zenodo.15264249.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada umumta&rsquo;lim maktablari o&lsquo;quvchilarida aksiologik tushunchalar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning muhimligi va o&lsquo;rni tahlil qilinadi. Aksiologiya-qadriyatlar va ularning jamiyatdagi ahamiyati haqida ilmiy tushunchalarga asoslanib, o&lsquo;quvchilarda axloqiy, estetik va ilmiy qadriyatlarni rivojlantirish muhimligi ko&lsquo;rsatilgan. Maqolada ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda aksiologik tushunchalarning ahamiyati, ularning o&lsquo;quvchilarning dunyoqarashiga qanday ta&rsquo;sir qilishi va ta&rsquo;lim jarayonida qanday usullar bilan qo&lsquo;llan
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
39

Turaboyeva, Sitora Zokir qizi, and Dilnoza Xolmirza qizi Tashpulatova. "O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI AXLOQIY QADRIYATLAR MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI." ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, no. 1 (January 23, 2022): 143–47. https://doi.org/10.5281/zenodo.5895049.

Full text
Abstract:
Til birliklari orasida aynan axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini o&lsquo;rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Xalqlar o&lsquo;rtasidagi mental farqlarni yaqqol ko&lsquo;rsatib bera oladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
40

Matlab XAZRATKULOV. "MILLIY VA MAʼNAVIY QADRIYATLAR YOSHLARDA BAGʻRIKENGLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA". UzMU xabarlari 1, № 1.3.1 (2025): 199–201. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.3.1.7069.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada yoshlarda bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy omillari oʻrganiladi. Taʼlim, umumiy maʼnaviy-axloqiy muhit, oilaviy tarbiya, ijtimoiy hodisalar va davlat siyosati kabi omillar yoshlarning bagʻrikenglik, moʻtadillik va turli xillikka nisbatan munosabatlarini shakllantirish borasidagi tahlillar keltirilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
41

Matkarimov, Jahongir, Rayyona Abdurazzoq qizi Ro'ziboyeva, Rizaxon Umarjon qizi Komilova, Ominabonu Botirjon qizi Komilova, and Mohidil Azamjonovna Ummatova. "SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING DUNYO MAMLAKATLARI MADANIYATLARIGA TA'SIRI." Universal International Scientific Journal 2, no. 4 (2025): 273–77. https://doi.org/10.5281/zenodo.15351232.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada sun&rsquo;iy intellekt texnologiyalarining jahon mamlakatlari madaniyatlariga ta&rsquo;siri, milliy qadriyatlar va madaniy identitetga olib kelayotgan o&lsquo;zgarishlar tahlil qilingan. Sun&rsquo;iy intellektning san&rsquo;at, til, urf-odatlar, axloqiy qadriyatlar va axborot maydoniga ko&lsquo;rsatayotgan ijobiy hamda salbiy ta&rsquo;siri, madaniyatlararo muloqotdagi o&lsquo;rni hamda raqamli madaniyat rivojiga qo&lsquo;shayotgan hissasi keng yoritilgan. Maqolada sun&rsquo;iy intellekt orqali madaniy merosni saqlash va targ&lsquo;ib qilishning innovatsion usullari, shuningdek,
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
42

Ataxanova, Nilufar Saidjonovna, Dilafruz Ikromova, Ruhshona Moʻydinova, and Madina Tursunaliyeva. "SURROGAT ONALIK MASALASI VA UNING ETIK JIHATLARI." RESEARCH AND EDUCATION 4, no. 5 (2025): 20–23. https://doi.org/10.5281/zenodo.15570913.

Full text
Abstract:
<em>Surrogat onalik zamonaviy biotibbiyotning dolzarb yo&lsquo;nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon homilador bo&lsquo;la olmaydigan ayollar uchun farzand ko&lsquo;rish imkoniyatini taqdim etadi. Surrogat onalikning tibbiy, huquqiy va etik jihatlari turli bahslarga sabab bo&lsquo;lmoqda. Xususan, ona bo&lsquo;lgan shaxsning huquqlari, bolaning manfaatlari va buyurtmachi ota-onalarning roli, jamiyatda axloqiy qadriyatlar bilan bog&lsquo;liq turli muammolarni yuzaga keltiradi. Ushbu maqolada surrogat onalikning zamonaviy tibbiyotdagi o&lsquo;rni, unga nisbatan yondashuvlar, ayniqsa, O&lsqu
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
43

Muhidinov, Abdumutalib. "Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan mulkka qarshi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda oiladagi tarbiyaning o‘rni." Общество и инновации 3, no. 3/S (2022): 50–54. http://dx.doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3/s-pp50-54.

Full text
Abstract:
G‘arb madaniyati – bu dunyoning g‘arbiy qismidagi odam-larning turmush tarzi va e'tiqodlarini belgilaydigan axloqiy qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod tizimlari, texnologiyalar va artefaktlar merosini anglatuvchi atama. G‘arb madaniyatining ildizlari Yevropadan kelib chiqqan bo‘lib, german, kelt, ellin, slavyan, yahudiy, lotin va boshqa etnik va lingvistik guruh-larning merosiga ega.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
44

Rustambek, Umurzoqov, and Zokirjon Ergashali o'g'li Ro'zaliyev. "ISAJON SULTONNING "ALISHER NAVOIY" ROMANIDA YOSH ALISHER OBRAZINING AKS ETTIRILISHI." GOLDEN BRAIN 1, no. 15 (2023): 277–81. https://doi.org/10.5281/zenodo.8008683.

Full text
Abstract:
<em>Maqolada Isajon Sultonning</em><em> &ldquo;Alisher Navoiy&rdquo; romanida&nbsp; yosh Alisher obrazining aks ettirilishi</em><em>, xayoti, ijodi xamda o&lsquo;zining o&lsquo;z davrida&nbsp; axloqiy, ma&rsquo;naviy qadriyatlar asosidagi talqinlarga&nbsp; etakchilik qilganligi kengroq yoritilib o&lsquo;tilgan.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
45

Rakhmatjon, Akhmedov. "QADIMGI SHARQDA JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLAR." "XXI ASRDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2, no. 10 (2024): 98–99. https://doi.org/10.5281/zenodo.13922527.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada qadimgi Sharqda jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar tahlil qilinadi. Qadimgi Misr, Mesopotamiya va Grek madaniyatlari o'zining ijtimoiy tuzilmalari va axloqiy qadriyatlari bilan ijtimoiy hayotga ta'sir ko'rsatgan. Marks, Weber, va boshqa olimlarning ijtimoiy tuzilma, iqtisodiy asoslar va normativ tizimlar haqidagi g'oyalari o'rganiladi. Ushbu maqola, shuningdek, qadimgi sharq falsafasining zamonaviy ijtimoiy fanlarga ta'sirini ko'rsatadi. Qadimgi madaniyatlarning axloqiy qadriyatlari va ijtimoiy tartiblari orqali jamiyatning barqarorligini ta'minlashdagi roli yoritiladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
46

Djurayeva, Nargis. "BOSHLANGʻICH TAʼLIM PEDAGOGIKASIDA OʻQUVCHILARDA NAFOSAT TARBIYASINING OʻRNI". Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5, № 5 (2025): 548–52. https://doi.org/10.47390/spr1342v5i5y2025n90.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim bosqichida oʻquvchilarda nafosat tarbiyasini shakllantirishning mazmun-mohiyati, uning dolzarbligi tahlil qilingan. Nafosat tarbiyasi-bu bolalarda estetik did, axloqiy qadriyatlar, muomala madaniyati va oʻzini tutish qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonidir. Maqola boshlangʻich taʼlimda nafosat tarbiyasining ahamiyatini, uning bolalarning shaxsiyatini shakllantirishdagi rolini va taʼlim jarayonidagi oʻrni haqida ilmiy tahlilini oʻz ichiga oladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
47

TURSUNPO‘LATOV, Akmaljon. "ICHKI ISHLAR XODIMINING TIBBIY MADANIYATINI YUKSALTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI." UzMU xabarlari 1, no. 1.7 (2024): 201–3. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.7.3577.

Full text
Abstract:
Sog‘liqni saqlashning ichki ishlar xodimlari o‘rtasida tibbiy madaniyat tushunchasi ijtimoiy, falsafiy va axloqiy o‘lchovlarning murakkab o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga oladi. Ushbu maqola ichki ishlar xodimlarida tibbiy madaniyatni oshirishning ijtimoiy va falsafiy jihatlarini o‘rganadi. U tibbiy madaniyatni rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradigan asosiy tamoyillar, qadriyatlar va amaliyotlarni o‘rganadi, hamdardlik, muloqot va axloqiy xulq-atvor muhimligini ta’kidlaydi. Maqolada turli falsafiy qarashlarga tayangan holda, ijtimoiy mas’uliyat, kasbiy etika va shaxsiy rivojlanishni
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
48

Gulchexra SAYDALIYEVA. "ALISHER NAVOINING „LISON UT TAYR“ ASARIDAGI ALLEGORIK RAMZLAR VA ULARNING TARJIMASI XUSUSIDA." UzMU xabarlari 1, no. 1.2.1 (2024): 190–93. http://dx.doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.2.1.1182.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada “Lison ut-Tayr” murakkab allegorik asar bo‘lib, unda insonning ma’naviy sayohati, o‘z-o‘zini anglash muammolari hamda ilohiylik bilan transsendensiya(ma’lum chegaradan oshib ketish, ongdan tashqarida) va birlikka bo‘lgan yakuniy izlanishlar haqida chuqur tushunchalar berilgan. Asar o‘zining allegorik unsurlari orqali axloqiy va ma’naviy qadriyatlar, voqelik tabiati, ichki o‘zgarish imkoniyatlari haqida fikr yuritishga undaydi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
49

Nuriddinov, Ismoil. "BURHONUDDIN MARGʻINONIYNING “HIDOYA” ASARIDA JINOYAT VA JAZO MUVOZANATIGA OID AYRIM MASALALAR". Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5, № 5 (2025): 414–20. https://doi.org/10.47390/spr1342v5i5y2025n68.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada Burhonuddin Margʻinoniyning “Hidoya” asarida jinoyat va jazo muvozanatiga oid normalar tahlil qilinadi. Maqoladagi asosiy eʼtibor jinoyat va jazo masalalarining adolat, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va zamonaviy huquqiy tizimlar bilan aloqasini aniqlashga qaratiladi. “Hidoya” asarining jinoyat va jazo masalalariga oid tamoyillari, qasos, diya va had jazolarining oʻrni, shuningdek, ularning zamonaviy huquqiy kontekstdagi dolzarbligi oʻzgacha oʻrganiladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
50

Gulchexra SAYDALIYEVA. "ALISHER NAVOINING „LISON UT TAYR“ ASARIDAGI ALLEGORIK RAMZLAR VA ULARNING TARJIMASI XUSUSIDA." UzMU xabarlari 1, no. 1.2.1 (2024): 190–93. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.2.1.1182.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada “Lison ut-Tayr” murakkab allegorik asar bo‘lib, unda insonning ma’naviy sayohati, o‘z-o‘zini anglash muammolari hamda ilohiylik bilan transsendensiya(ma’lum chegaradan oshib ketish, ongdan tashqarida) va birlikka bo‘lgan yakuniy izlanishlar haqida chuqur tushunchalar berilgan. Asar o‘zining allegorik unsurlari orqali axloqiy va ma’naviy qadriyatlar, voqelik tabiati, ichki o‘zgarish imkoniyatlari haqida fikr yuritishga undaydi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
We offer discounts on all premium plans for authors whose works are included in thematic literature selections. Contact us to get a unique promo code!