To see the other types of publications on this topic, follow the link: Ijtimoiy qatlam.

Journal articles on the topic 'Ijtimoiy qatlam'

Create a spot-on reference in APA, MLA, Chicago, Harvard, and other styles

Select a source type:

Consult the top 41 journal articles for your research on the topic 'Ijtimoiy qatlam.'

Next to every source in the list of references, there is an 'Add to bibliography' button. Press on it, and we will generate automatically the bibliographic reference to the chosen work in the citation style you need: APA, MLA, Harvard, Chicago, Vancouver, etc.

You can also download the full text of the academic publication as pdf and read online its abstract whenever available in the metadata.

Browse journal articles on a wide variety of disciplines and organise your bibliography correctly.

1

G‘ulomova, Maftunaxon. "O‘QITUVCHINING TA’LIM JARAYONIDAGI MAHORATI: OIGNON (Piyoz) MODELI ASOSIDA NAZARIY VA AMALIY TAHLILI." QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI 13 (December 29, 2024): 225–29. https://doi.org/10.54613/ku.v13i.1062.

Full text
Abstract:
Ushbu ilmiy maqola Oignon modeli (Piyoz modeli) asosida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini tizimli tahlil qilishga qaratilgan. Oignon modeli o‘qituvchilarning shaxsiy, sinf muhitidagi va keng ijtimoiy-tizimli omillar bilan bog‘liq faoliyatini mikro-kontext (ichki qatlam), mezo-kontext (o‘rta qatlam) va makro-kontext (tashqi qatlam) orqali tahlil qilish imkonini beradi. Mikro-kontext o‘qituvchining shaxsiy mahorati, didaktik va metodik ko‘nikmalarini qamrab olib, individual pedagogik faoliyatning samaradorligini o‘rganadi. Mezo-kontext esa ta’lim jarayonining o‘quv muhiti, sinf jamoasi va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini tahlil qiladi. Makro-kontext yirik miqyosdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy omillarni, jumladan, davlat ta’lim standartlari va global tendentsiyalarni qamrab oladi. Ushbu maqolada Oignon modeli yordamida qatlamlararo uzviy bog‘liqlikni aniqlash va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish uchun strategik yondashuvlar taklif etilgan. Mikro, mezo va makro-kontextlarning o‘zaro ta’siri o‘qituvchi faoliyatining yaxlitligini ta’minlab, ta’lim jarayonining sifatini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mazkur izlanishning ilmiy natijalari ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va pedagogik yondashuvlarni takomillashtirish uchun muhim nazariy asos yaratadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
2

Shoyimov, Sanjarbek. "BAYNALMILALCHI-JANGCHILARNING IJTIMOIY HIMOYASI DAVLAT E'TIBORIDA." "XXI asr: fan va taʼlim masalalari" ilmiy elektron jurnali, no. 1 (March 29, 2025): 199–207. https://doi.org/10.5281/zenodo.15105218.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada O‘zbekiston-2030 strategiyasida davlatning nogiron hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga nisbatan belgilan chora-tadbirlari hamda baynalmilalchi-jangchi faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, moddiy yordam, ularning oilaviy ahvoli haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Davlat tomonidan ushbu qatlam vakillariga nisbatan ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha takil va tavsiyalar berilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
3

KAMBAROVA,, Guzal. "FRANSIYA YOSHLAR SIYOSATIDA MADANIY MEDIATSIYA." UzMU xabarlari 1, no. 1.9.1 (2024): 303–5. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.9.1.4359.

Full text
Abstract:
Maqolada madaniyat siyosatidagi “mediatsiya” atamasi, uning Fransiya yoshlar siyosati va ta’lim tizimida qo‘llanish jihatlari ko‘rib chiqiladi. “Yangi xizmat – yosh xodim” dasturi doirasida mediatsiya usullari va uning natijalari o‘rganiladi. Shuningdek, Fransiyadagi madaniy mediatsiyaning turli darajadagi ijtimoiy qatlam vakillari (bolalar bo‘g‘chasi tarbiyalanuvchilari, maktab o'quvchilari, kattalar, mihojirlar, savodsizlar, huquqbuzarlar, nogironlar va boshqalar)ning jamiyatga moslashishidagi vazifasi tahlil qilingan
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
4

Kanatbay, Kurbanbayev. "YANGI O'ZBEKISTONDA YANGICHA TA'LIM!" ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE 2, no. 2 (2023): 157–62. https://doi.org/10.5281/zenodo.7560030.

Full text
Abstract:
Ushbu maqola Yangi O‘zbekistonda yangicha ta'lim haqida bo’lib mavzu yuzasidan tadqiqotchi olimlarning fikr va mulohazalari chuqur o’rganib chiqildi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim tizimini takomillashtirishga, ziyoli ijtimoiy qatlam darajasini orttirishga, o’quvchilarni oliy ta’limga bo’lgan qamrovini oshirishga, yosh avlodga berilayotgan imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish uchun xizmat qiladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
5

S., M. Mirzaliyev. "Oliy ta'lim tizimida iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etish. toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va xorijiy davlatlar tajribasi." Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot 3, maxsus son (2024): 6–10. https://doi.org/10.5281/zenodo.13141741.

Full text
Abstract:
Inson kapitalining ahamiyati oshayotgan globallashuv davrida iqtidorli yosh kadrlarni tayyorlash davlat uchunasosiy vazifa hisoblanadi. Chunki aynan iqtidorli yoshlar kelgusi oʻn yilliklar uchun mamlakat iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti vamadaniyatini belgilab beruvchi qatlam hisoblanadi. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash, ayniqsa, OTM faoliyatida muhim oʻrintutib, iqtisodiyot tarmoqlariga bevosita kadr chiqarish vazifasi bilan bogʻliqdir. Ushbu maqolada Toshkent davlat iqtisodiyotuniversitetida iqtidorli yoshlar bilan ishlash faoliyati va erishilgan natijalar tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, maqoladaxorij tajribasi, iqtidorli yoshlar bilan ishlash muammolari va ularga yechimlar aks etgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
6

Shamshoda RUSTAMOVA. "O‘ZBEK O‘SMIR BOLALARI LEKSIKONI: NUTQIY INNOVATSIYALAR VA ULARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI." UzMU xabarlari 1, no. 1.2 (2025): 365–67. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.2.6499.

Full text
Abstract:
Tilning leksik qatlamida nutqiy innovatsiyalar boshqa qatlamlarga nisbatan yorqinroq namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, o‘smirlar nutqi boshqa ijtimoiy qatlam vakillari nutqidan aynan leksikasi bilan farqlanadi. Tadqiqotda Qarshi va Toshkent shaharlarida tahsil olayotgan 82 ta o‘smir yoshidagi bolalar ishtirok etishib, ularning nutqini kuzatish, so‘rovnoma o‘tkazish, savol-savob qilish orqali material to‘plandi. To‘plangan material tahlili natijalariga ko‘ra o‘smirlar nutqida yangi yasalmalardan ko‘ra rus va ingliz tillaridan so‘z o‘zlashtirish holati ko‘proqligi hamda mazkur birliklardan, asosan, so‘zlashuvni qiziqroq qilish va muloqotni tezlatish uchun foydalanishi aniqlandi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
7

Akeshov, Nodir Mumdullayevich. "TURLI LUG'ATLARDA SOʻZ TANLOVI TAMOYILINING LEKSIKOGRAFIK TALQINI (NEMIS TILI LUG'ATLARI MISOLIDA)". EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH 3, № 5 (2023): 196–98. https://doi.org/10.5281/zenodo.7988470.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada, turli lug'atlarda soʻz tanlovi tamoyilining leksikografik talqini nemis tili misolida fikr va mulohazalar yuritiladi. Muayyan til leksikasida bo'lgani kabi, uning terminologik tizimida ham o'z va  o'zlashgan qatlam farqlanadi. Bu holat terminologik qatlamlar ijtimoiy ongda alohida-alohida tizimlar sifatida mavjud bo'lmasa-da, ammo ularning o'zaro variativ,  sinonimik, omonimik, qolaversa, paronimik munosabatlarda ekanligi, shu bilan  birgalikda, leksik, stilistik va frazeologik terminlarga qo'yiladigan aniqliq talabi,  ayniqsa, termin o'zlashtirishning umumiste'mol leksikadan farqli ravishda ko'pincha  subektiv va individual xarakterga egaligi kabi qator muammolar mavjudligini ko'rsatadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
8

Yo'ldashev, Safoxon A'loxon o'g'li. "MADANIYAT VA SAN'AT MILLIY QADRYATLARNING TIMSOLI SIFATIDA." Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1, no. 3 (2023): 60–64. https://doi.org/10.5281/zenodo.8126279.

Full text
Abstract:
Ushbu maqola milliy qadryatlar hamda madaniyat, ularnining o‘zaro uyg’unligi hamda san’at qadryatlar tizimining ta’sirchan vositasi ekanligi borasidagi fikr mulohazalardan iborat
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
9

Yaxshiyeva, Zebo. "G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi." Узбекистан: язык и культура 1, no. 1 (2024): 120–37. http://dx.doi.org/10.47689/ulac-vol1-iss1-y2024-pp120-137.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada Amir Temur siymosini prototip sifatida olgan, o'rta asrlar ingliz adabiyotida turli davrlarda yaratilgan dramatik, nazmiy va nasriy asarlar tadqiqi borasida so'z yuritildi. Har bir asar o'zbek va boshqa sharq adabiyotida mavjud badiiy ijod namunalari bilan qiyosiy o'rganildi. Olib borilgan tadqiqotlarda keltirilgan nazariy fikrlarga tayangan holda, yozuvchilarning badiiy obrazlarga yuklagan orzu umidlari haqida ilmiy xulosalar berildi. Amir Temurning "Temur tuzuklari" asari tahlilimizning bosh obyekti sifatiga olingan bo'lib, g'arb yozuvchilari badiiy merosini tadqiq etgan dunyo ilm ahlining Temur badiiy obrazi borasidagi fikrlari yuzasidan ilmiy tahlillar olib borildi. O'zbek adabiyotshunos olimlarining bir qator tadqiqotlari va ilmiy qarashlariga suyangan tarzda Amir Temur tarixiy siymosining badiiy asarlarga ko'chgan obrazi bilan qiyosiy tadqiq etildi. Ayniqsa, ushbu maqolada qiyosiy o'rganilgan ingliz adiblari bosh qahramonida aks etgan o'sha davr ijtimoiy muhiti, oddiy xalqning orzu is-taklari va hukmron qatlam va cherkov ziddiyatlari, asar to'qima obrazlari-ga va voqealariga ko'chgan mifologik unsurlar haqida mulohazalar berildi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
10

Boboyev, Yusuf Beknazarovich. "O'ZBEK TILI LEKSIKASI TASNIF." PEDAGOGS international research journal 2, no. 1 (2022): 260–63. https://doi.org/10.5281/zenodo.5931216.

Full text
Abstract:
<strong>Anotatsiya:</strong> Ushbu maqolada O&#39;zbek tili leksikasi tasnifi,leksika turlari,haqida ma&lsquo;lumotlar berilgan. O&lsquo;zbеk tili lеksikasi tasnifi turlari. Leksemani turlicha tasniflash mumkin. Quyida uning ayrimlarini ko&lsquo;rib o&lsquo;tamiz. Leksemalar o&lsquo;zlashgan-o&lsquo;zlashmaganligiga ko&lsquo;ra ikkiga bo&lsquo;linadi: a) o&lsquo;z qatlam; b) o&lsquo;zlashma qatlam. O&lsquo;zbеk tilidagi turkiy so&lsquo;zlar o&lsquo;z qatlam dеyiladi: mеn, sеn, biz, o&lsquo;qi, oq, kеt, bir, bеsh. O&lsquo;z qatlamga oid leksemalarning muhim bеlgilari quyidagilar: 1) bu qatlamga oid leksemalarning o&lsquo;zagi asosan, bir-ikki bo&lsquo;g&lsquo;inli bo&lsquo;ladi: ol, bеr, qol, ota, uka, qo&lsquo;y, echki kabi; 2) bir bo&lsquo;g&lsquo;inli so&lsquo;z ko&lsquo;proq [unli+undosh], [undosh+unli+undosh] shakliga ega: ol, kun, kul, bo&lsquo;l, qil; 3) ikki bo&lsquo;g&lsquo;inli so&lsquo;z ko&lsquo;proq ochiq bo&lsquo;g&lsquo;indan tuziladi: ikki, olma, ola; 4) leksema [r], [l], [v], [h] tovushi bilan boshlanmaydi; 5) leksema oxiri [e], [u], [o] unlisi bilan tugamaydi (undov, taqlid so&lsquo;z, dе fе&rsquo;li bundan mustasno); 6) leksema tarkibida sirg&lsquo;aluvchi [j], bo&lsquo;g&lsquo;iz [h] tovushi uchramaydi (undov va taqlid bundan mustasno); 7) leksemada ikki unli yonma-yon kеlmaydi: saodat, baayni, mutolaa, maorif kabi; 8) sof o&lsquo;zbеkcha qo&lsquo;shimcha undosh bilan boshlanadi: -chi, -li, -lik, -la kabi. Ayrimi unli bilan ham boshlanadi: -im, -ib kabi. Bunda tovush orttirilishi mavjud; 9) [f], [d] kabi yumshoq va lab-tish [v] undoshi sof o&lsquo;zbеkcha leksemaga xos emas: daftar, dard, dil, dunyo, falak, vagon kabi; 10) o&lsquo;zak holidagi fе&rsquo;l, son, taqlid leksema faqat o&lsquo;z qatlamga mansub; 11) o&lsquo;z qatlamga mansub leksema o&lsquo;zagi alohida talaffuz qilinganda, tovush o&lsquo;zgarishi yuz bеrmaydi. O&lsquo;zak holida tovush o&lsquo;zgarishiga uchragan leksema o&lsquo;zlashma qatlamga mansub: go&lsquo;sht, dard, hukm, daftar, kitob kabi; 12) boshqa tildan o&lsquo;zlashgan leksema asosida shu tilda yasalgan so&lsquo;z ham o&lsquo;z qatlamga mansub bo&lsquo;ladi: kitobxona, nonchi, ma&rsquo;rifatli, komputеrchi kabi, 13) o&lsquo;z qatlam leksemasi tutuq bеlgisi bilan yozilmaydi.Qarindosh bo&lsquo;lmagan tildan kirib kеlgan leksema o&lsquo;zlashma, olinma yoki o&lsquo;zlashma qatlam dеyiladi: kitob, daftar, non, ma&rsquo;rifat, tеlеfon, komputеr.O&lsquo;zbеk tilidagi o&lsquo;zlashma leksemaning asosiy qismini fors-tojik, arab tilidan o&lsquo;zlashgan ham ruscha, xalqaro leksema tashkil qiladi.O&lsquo;zbеk tilidagi fors-tojikcha leksemani fonеtik ko&lsquo;rinishiga ko&lsquo;ra o&lsquo;zbеkcha leksemadan farqlash qiyin. Lеkin ayrim muhim bеlgisi mavjud: 1) sirg&lsquo;aluvchi dj tovushi fors-tojikcha leksemada uchraydi: mujda, gijda, mujgon kabi; 2) leksema oxirida undosh qator kеladi: taxt, baxt, dard, go&lsquo;sht, farzand, daraxt kabi; 3) o unlisi cho&lsquo;zib aytiladi: non, darmon, bahor kabi. Lеkin buning barchasi ham asosiy bеlgi bo&lsquo;lolmaydi. O&lsquo;zbеk tilida arabcha o&lsquo;zlashmalar ham talay. Ularning muhim bеlgisi: 1) tutuq bеlgili so&lsquo;z arab tiliga mansub (ruscha, xalqaro leksemalar mustasno); 2) ko&lsquo;plik qo&lsquo;shimchasi leksema oldida bo&lsquo;ladi: xulq-axloq, shе&rsquo;r-ash&rsquo;or, xabar-axbor kabi. 3) -ot, -at, illo, -ullo, -iy, -viy unsuri bilan tugagan leksemalar, asosan, arab tiliga xos: axborot, hayvonot, nabotot, shaxsiyat, tabiat, Abdullo, adabiyot, oilaviy, ilmiy kabi; 4) arabcha leksema tarkibida g, dj, ch, p, ng tovushlari uchramaydi; 5) leksema boshida -ik, -iq, -ak, -mu, -ma unsuri bo&lsquo;ladi: ikrom, iqror, akram, muallim, maktab, mahorat kabi. Leksemalarning qo&lsquo;llanishiga ko&lsquo;ra tasnifi. Leksema qo&lsquo;llanish miqdoriga ko&lsquo;ra farqlanadi. Ko&lsquo;pgina leksemalar chеklanmagan, ba&rsquo;zisi kam qo&lsquo;llanishga ega. Shu jihatdan leksemalar ikki turga bo&lsquo;linadi: a) qo&lsquo;llanishi chеgaralanmagan leksema; b) qo&lsquo;llanishi chеgaralangan leksema. Qo&lsquo;llanilishi chеgaralanmagan leksemalar. O&lsquo;zbеk tili lug&lsquo;at tarkibining asosini ana shu qatlam tashkil etadi. Qo&lsquo;llanilishi chеgaralanmagan leksemalarni shu tilda so&lsquo;zlashuvchi kishi, qanday shеvaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo&lsquo;lishidan qat&rsquo;i nazar, chеklanmagan darajada ishlatadi. Qo&lsquo;llanilishi chеgaralanmagan leksemalar barcha turkumda mavjud: Fе&rsquo;l: ishlamoq, kеlmoq, olmoq, ko&lsquo;rsatmoq, buyurmoq, saylamoq. Ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog&lsquo;, yer, shamol, radio. Sifat: shirin, achchiq, qizil, ko&lsquo;k, katta-kichik, xunuk, go&lsquo;zal. Son: bir, o&lsquo;n, yuz, ming. Ravish: hamisha, ba&rsquo;zan, ataylab, hozir, ilgari.Olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib, qancha, shu, biz, hamma. Undov va modal: xo&lsquo;p, mayli, rahmat. Ko&lsquo;makchi: uchun, bilan, singari: Bog&lsquo;lovchi: ham, va, bilan, ammo. Yuklama: faqat, xuddi, hatto. Qo&lsquo;llanilishi chеgaralanmagan leksemalarning aksariyati umumturkiy va o&lsquo;zbеkcha. Ammo, shu bilan birga, ular orasida o&lsquo;zlashmasi ham ko&lsquo;p. Masalan: Tojikcha: go&lsquo;sht, non, dard, bobo, dugona, do&lsquo;st.Arabcha: avlod, bilan, inson, sinf, millat, himoya:Qo&lsquo;llanishi chеgaralangan leksemalar ikki guruhga bo&lsquo;linadi: a) qo&lsquo;llanish davri chеgaralangan leksemalar; b) qo&lsquo;llanish doirasi chеgaralangan leksemalar Xuloasa qilib aytganda ,qo&lsquo;llanish davri chеgaralangan leksemalar. Davr taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi o&lsquo;zgarish tilning lеksikasida ancha sеzilarli. Bunda to&lsquo;rt holat kuzatiladi. Birinchidan, ayrim leksemalar eskirib, istе&rsquo;moldan chiqib kеtsa, ikkinchidan,allaqachon istе&rsquo;moldan chiqib kеtgan leksemalar qayta &ldquo;jonlanadi&rdquo;, uchinchidan, yangi-yangi leksemalar paydo bo&lsquo;ladi, to&lsquo;rtinchidan,nofaol so&lsquo;z faollashadi, istе&rsquo;mol doirasi kеngayadi, ma&rsquo;nosida o&lsquo;zgarish yuz bеradi. Hozirgi adabiy tildagi eskirgan leksemalar eski leksemalar,yangi leksemalarning jami yangi leksemalar, na eskirgan, na yangilik bo&lsquo;yog&lsquo;iga ega bo&lsquo;lgan so&lsquo;z zamonaviy leksemalar dеb yuritiladi. Dеmak, o&lsquo;zbеk tili lеksikasini tarixiylik nuqtayi nazaridan uchta asosiy qatlamga bo&lsquo;lib o&lsquo;rganish mumkin: 1) zamonaviy lеksika; 2) eskirgan lеksika; 3) yangi lеksika.Zamonaviy leksemalar. Hozirgi o&lsquo;zbеk adabiy tili lеksikasining asosini zamonaviy lеksika tashkil etadi. Bu lеksika umumistе&rsquo;mol leksemalar, qo&lsquo;llanilishi chеgaralanmagan leksemalar, faol leksemalar kabi atamalar bilan ham yuritiladi. Eskirgan leksemalar. Eski qatlamga oid leksemalar o&lsquo;ziga xos xususiyatiga ko&lsquo;ra ikkiga bo&lsquo;linadi: 1) tarixiy leksemalar; 2) arxaik leksemalar.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
11

Alisher, Muzaffar o'g'li Egamberdiyev. "TURONDA XI – XIII ASRLARDA YURITILGAN TIL SIYOSATI." Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi 1, no. 5 (2023): 52–56. https://doi.org/10.5281/zenodo.8417097.

Full text
Abstract:
Mazkur maqolada Turonda turkiy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi o&lsquo;rnatilgach yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy o&lsquo;zgarishlar natijasida turkiy tilning umumelat tili sifatida qaror topishi masalasi tahlil qilingan. XI &ndash; XIII asrlar Turon hujjatshunoslik an&rsquo;analarida forsiy va turkiy tillar mavqeyi masalasi yoritilgan. Mo&lsquo;g&lsquo;ullar istilosidan so&lsquo;ng Turonda olib borilgan til siyosati, davlat tilida ish yuritish masalasi haqida ma&rsquo;lumot berilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
12

Xusanova, Zarifa. "SOʻZLASHUV NUTQIDA LAQABLARNING QOʻLLANISHI". Educational Research in Universal Sciences 2, № 4 (2023): 30–35. https://doi.org/10.5281/zenodo.7903010.

Full text
Abstract:
Laqablarning qoʻllanishi, avvalo, xalq jonli soʻzlashuv tilida paydo boʻadi va undan soʻng ommalashadi, keyin badiiy asar tiliga koʻchadi. Soʻzlashuvda laqablarning paydo boʻlishi aholining geografik joylashuviga, etnik qatlamiga, kasb-hunariga, fe&rsquo;l-atvoriga bogʻliq boʻlibgina qolmay, balki laqab beruvchi&nbsp; subyektning yoshi, mashgʻuloti hamda intellektual salohiyati, shuningdek, ijtimoiy hayot bilan hamnafas yashashiga ham bogʻliq. Laqablar jonli soʻzlashuv tilining ilk elementlaridan biridir. Ushbu kichik tadqiqotda Samarqand aholisi jonli nutqidan olingan laqablar lingvistik tahlil qilingan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
13

Abdugaffarova, Ozoda Abdusattarovna. "UYUSHMAGAN YOSHLARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK PORTRETI." ACTIVE RESEARCHER 2, no. 2 (2025): 45–51. https://doi.org/10.5281/zenodo.15474984.

Full text
Abstract:
<em>Ushbu maqolada uyushmagan yoshlar tushunchalari izohlangan. Shuningdek, uyushmagan yoshlar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik asoslari tadqiq etilgan. Yoshlar orasida muammoli va alohida yondoshuv talab etadigan- uyushmagan yoshlar qatlami ijtimoiy-psixologik izlanishlar va tadqiqotlar, yangicha yondashuvlar zarur deb hisoblaymiz.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
14

T Zamonov, Z. "ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLAR FAOLLIGINI OSHIRISHDA IJTIMOIYMA’NAVIY INSTITUTLAR TA’SIRCHANLIGI." 2022-yil, 3-son (133/1) ANIQ FANLAR SERIYASI 6, no. 136/1 (2022): 1–10. http://dx.doi.org/10.59251/2181-1296.v6.1361.1332.

Full text
Abstract:
Maqolada yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlarni jamiyatda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning faol qatlami va tashabbuskoriga aylantirish, ularning o‘rnini baholashning amaliy vositachisi bo‘lgan ijtimoiy-ma’naviy institutlar faolligi va ta’sirchanligi tadqiq etiladi
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
15

Latipova, Nodira Muhtarjanovna Yuldasheva Yulduz Ravshanovna. "BARQAROR JAMIYAT BARPO ETISHDA IJTIMOIY ISHCHINING ROLI VA VAZIFALARI." SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM 2, no. 8 (2023): 87–90. https://doi.org/10.5281/zenodo.8201769.

Full text
Abstract:
Dunyoda ijtimoiy yordamga muhtoj bo&rsquo;lgan aholi qatlami mavjud ekan unga ijtimoiy va moddiy tomondan yordam beradigan davlat yoki nodavlat tizimlar ham mavjud bo&rsquo;ladi. Bu jamiyatda balansni saqlab turishga va mo&rsquo;tadil rivojlanish sharoitini yaratadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
16

Shuhrat RAHMANQULOV. "YOSHLARDA FAOL HAYOTIY POZITSIYANI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSI." UzMU xabarlari 1, no. 1.2.1 (2024): 181–84. http://dx.doi.org/10.69617/uzmu.v1i1.2.1.1179.

Full text
Abstract:
Maqolada jamiyatning faol qatlami bo‘lgan yoshlarda faol hayotiy pozitsiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil etilgan. Shuningdek, yoshlarda faol hayotiy pozitsiya shakllanishida ta’lim tizimining o‘rni masalalari ko‘rib chiqilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
17

Shuhrat RAHMANQULOV. "YOSHLARDA FAOL HAYOTIY POZITSIYANI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSI." UzMU xabarlari 1, no. 1.2.1 (2024): 181–84. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.2.1.1179.

Full text
Abstract:
Maqolada jamiyatning faol qatlami bo‘lgan yoshlarda faol hayotiy pozitsiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil etilgan. Shuningdek, yoshlarda faol hayotiy pozitsiya shakllanishida ta’lim tizimining o‘rni masalalari ko‘rib chiqilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
18

Sharipova, L., and R. Eshquvatova. "So‘zlashuv nutqi shakllanishiga boshqa tillardan o‘zlashgan lug‘aviy birliklarning o‘rni masalasi." Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar: xorijiy tajribalar, istiqbolli izlanishlar va tillarni o‘qitishning innovatsion usullari, no. 1 (June 3, 2022): 319–20. http://dx.doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp319-320.

Full text
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
19

Mengliqulov, Umid. "MILLIY IDENTIFIKATSIYA MASALASINING TARIXIY-DINAMIK VA ZAMONAVIY KONTEKSTDA TAHLILI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 5, no. 6 (2025): 168–73. https://doi.org/10.47390/spr1342v5i6y2025n25.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada milliy identifikatsiya masalasi tarixiy-evolyutsion jarayonlar hamda zamonaviy globallashuv sharoitidagi holati tahlil etiladi. Milliy identifikatsiya ijtimoiy-siyosiy, madaniy va iqtisodiy omillarning oʻzaro murakkab taʼsiri natijasida shakllanuvchi koʻp qatlamli fenomen sifatida talqin qilinadi. Maqolada milliy identifikatsiya tushunchasining zamonaviy ijtimoiy taraqqiyotdagi falsafiy, siyosiy va madaniy ahamiyati yoritilib, uning geosiyosiy barqarorlikni taʼminlash hamda madaniy merosni asrab-avaylashdagi roli muhokama qilinadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
20

Malohat SAIPOVA. "MEHNAT MIGRANTLARI BO‘LGAN VA BO‘LMAGAN OILALARDA OILAVIY XAVOTIRNI O‘RGANISH NATIJALARI." UzMU xabarlari 1, no. 1.10.1 (2024): 190–92. https://doi.org/10.69617/nuuz.v1i1.10.1.4869.

Full text
Abstract:
Hozirda mehnat migratsiyasi daxl qilmagan – xoh u yirik, rivojlanayotgan, xoh kichik, rivojlanish bo‘sag‘asida turgan bo‘lsin – biror mamlakat qolmagan, u jamiyatning deyarli barcha ijtimoiy qatlami va guruhi, ijtimoiy turmush faoliyatining turli sohalari jalb qilingan keng qamrovga ega jarayon hisoblanadi. XX va XXI asrda migratsiya jamoatchilik hayotining yanada xarakterli va ahamiyatli ko‘rinishlaridan biriga aylanib ulgurdi. Bugun butun dunyo xalqlari migratsiyani odatiy hodisa sifatida qabul qilmoqdalar. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, migratsiya sabablari nihoyatda turli-tuman bo‘lib, har bir oilaning bu borada o‘z tarixi, ta’sir omillari mavjud. Mazkur maqolada ota-onasi mehnat migratsiyasiga chisib ketgan o‘smirlarning oilavi hayotdan xavotirlari masalalari tadsisot natizhalari asosida ochib berilgan. Shuningdek, muallifning shaxsiy xulosasi va tavsiyalari keltirilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
21

Nodir, Nishonov. "Spekulyativ dizayn metodi asosida talabalarda kelajak ssenariylarini yaratish texnologiyasi." «Maktabgacha va maktab ta'limi» jurnali 3, no. 5 (2025): 9–12. https://doi.org/10.5281/zenodo.15516323.

Full text
Abstract:
Bugungi kunda dunyo ilmiy, texnologik va ijtimoiy sohalarda keskin o&lsquo;zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda.Sun&rsquo;iy intellekt, raqamli transformatsiya, ekologik tahdidlar, biotexnologiyalar va axborot oqimining &ldquo;portlashi&rdquo;singari global tendensiyalar insoniyat oldiga ilgari kuzatilmagan murakkab muammolarni qo&lsquo;ymoqda. Aynan shundayo&lsquo;zgaruvchan, noaniq va ko&lsquo;p qatlamli ijtimoiy muhitga moslasha oladigan, ongli va mas&rsquo;uliyatli fuqaro shaxsini shakllantirishzamonaviy ta&rsquo;limning eng dolzarb vazifasiga aylanmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy tipdagi pedagoglarnitayyorlashni o&lsquo;zida mujassam etgan texnologiyalar haqida so&lsquo;z boradi
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
22

RAXMATOV, Alisher Azimovich. "AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI." Фундаментал тадқиқотлар 1, no. 1 (2023): 135–40. https://doi.org/10.5281/zenodo.7585526.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni saqlab qolgan holda mamlakat aholisi daromadini oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini rag&lsquo;batlantirib iqtisodiy faol qatlamga o&lsquo;tkazish, mamlakat aholisida kam ta&rsquo;minlanganlarning ulushi muhokama qilingan. Shu asnoda aholi daromadini oshirib kambag&lsquo;allik darajasini qisqartirish uchun xulosa va takliflar berilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
23

To'xtasinova, Muhayyo Xabibullo qizi, and Navruza Habibullayevna Aliyeva. "YOSHLAR NUTQIDA ISHLATILADIGAN SLENGLAR." SCHOLAR 1, no. 13 (2023): 109–13. https://doi.org/10.5281/zenodo.7954677.

Full text
Abstract:
<em>Bugungi kunda muloqot vositasi hisoblangan nutq, til xususiyatlarini o&lsquo;rganish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda milliy til xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga e&rsquo;tibor yuqori. Ushbu maqolada o&lsquo;zbek tilida kundalik muloqot jarayonida yoshlar tomonidan qo&lsquo;llaniladigan slenglar o&lsquo;rganilgan. Bunda jamiyatning asosiy qatlami hisoblangan yosh avlod vakilllarining sleng so&lsquo;zlari keltirib o&lsquo;tilgan, shuningdek ularning slenglarini o&lsquo;rganishning ahamiyati va zarurati bayon etilgan.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
24

Xayrullayeva, Muborak. "ALLANING TARIXIY-MADANIY ILDIZLARI." GOLDEN BRAIN 3, no. 8 (2025): 212–20. https://doi.org/10.5281/zenodo.15378728.

Full text
Abstract:
<em>Ushbu maqola o&lsquo;zbek xalq og&lsquo;zaki ijodining muhim va qadimiy janrlaridan biri bo&lsquo;lgan alla, ya&rsquo;ni bolalarni uxlatish uchun aytiladigan kuylov qo&lsquo;shig&lsquo;ining tarixiy-madaniy ildizlarini kompleks tarzda tahlil qilishga bag&lsquo;ishlangan. Alla nafaqat musiqiy, balki psixologik, estetik, tarbiyaviy va antropologik mazmunni o&lsquo;zida jamlagan ko&lsquo;p qatlamli xalqona janr sifatida namoyon bo&lsquo;ladi. Unda ona va bola o&lsquo;rtasidagi mehr, ishonch, tinchlik va muhofaza intilishlari ifoda etiladi. Alla orqali ona bolaning qalbiga nafaqat ohang orqali, balki matndagi semantik qatlamlar, xalqona tasvir va timsollar orqali ruhiy va madaniy qadriyatlarni singdiradi. Maqolada allaning fonetik-poetik qurilishi, mazmuniy strukturalari, ritmik-melodik xususiyatlari, ishlatiladigan ifoda vositalari, turg&lsquo;un shakllari, regional xususiyatlari hamda ularning mifologik va diniy qatlamlari o&lsquo;rganiladi. Shuningdek, allalarning qadimgi turkiy va islomiy madaniyat bilan bog&lsquo;liqligi, ayollik arxetipi, ona obrazining poetik ifodasi kabi jihatlar ham tahlil qilinadi. Zamonaviy ijtimoiy jarayonlarda allaning unutilishi yoki yangi formatlarda saqlanib qolishi holatlari ham alohida muhokama qilinadi. Alla &ndash; bu shunchaki uxlatish vositasi emas, balki xalq madaniyatining quyi qatlamlarida yashovchi, rasmiy yozma tarixda deyarli qayd etilmagan, ammo xalqning ichki ruhiy holatini va estetik qarashlarini ifodalovchi ko&lsquo;zgudir. Ushbu maqola bu janrni ilmiy tahlil asosida yoritib, uni madaniy meros sifatida qayta qadrlash zaruratini ilgari suradi.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
25

Adolat, Tursunova Abdugʻoffor qizi. "YANGI O'ZBEKISTON MA'RIFATLI JAMIYATINI YARATISHDA YOSHLARNING O'RNI." PEDAGOGS international research journal 2, no. 1 (2022): 253–55. https://doi.org/10.5281/zenodo.5931104.

Full text
Abstract:
<strong>Anotatsiya:</strong> Ushbu maqolada&nbsp; Yangi O&rsquo;zbekiston&rdquo; ma&rsquo;rifatli jamiyatini yaratishda yoshlarning o&rsquo;rni haqida hamda shu mavzuda Presidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning so&#39;zlari keltirilgan. Yoshlar har qanday jamiyatning buguni va ertasidir. Tom ma&rsquo;noda aytganda, biz yoshlar O&rsquo;zbekistonning eng katta boyligi hamda bebaho xazinasi hisoblanamiz. Shu ma&rsquo;noda O&rsquo;zbekistonda yoshlar davlat siyosatining eng ustuvor yo&rsquo;nalishlaridan biridir. Mamlakatimizda bizning huquq manfaatlarimizni himoya qilish, zarur shart-sharoitlar yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan bo&rsquo;lib, bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirilib borilmoqda. Xususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun qabul qilingan bo&rsquo;lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Bunga misol qilib Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 14-sentabrda O&rsquo;zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati &ldquo;Yoshlarga oid davlat siyosati to&rsquo;g&rsquo;risida&rdquo;gi qonunini hamda 2017-yil 23-iyunda imzolagan &ldquo;Yoshlar kelajagimiz davlat dasturi tog&rsquo;risida&rdquo;gi farmonini keltirishimiz mumkin. O&rsquo;zbekiston aholisining qariyb 64 foizini yoshlar ya&rsquo;ni, 30 yoshgacha bo&rsquo;lganlar tashkil etadi. Bundan ko&rsquo;rinib turibdiki, mehnat resurslarining yarmidan ko&rsquo;pi yoshlardir. Ayni damda har uch rahbardan biri ham yoshlar hisoblanadi. Buning isbotini esa Oliy Majlis Senati huzurida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati o&rsquo;rniga tashkil qilingan &ldquo;O&rsquo;zbekiston yoshlar ittifoqi&rdquo; hamda endi unga yangi tarkib sifatida qo&rsquo;shilgan &ldquo;Yoshlar ishlari&rdquo; agentligi misolida ko&rsquo;rishimiz mumkin. Bugungi kunda yoshlarni rahbarlikka tayyorlash maqsadida ularning tadbirkorlik bilan shug&rsquo;ullanishlari uchun sharoitlar yaratilib, ularni turli zararli illatlar ta&rsquo;siridan himoya qilish hamda huquqbuzarlikning oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etish maqsadida &ldquo;Yoshlar-kelajagimiz&rdquo; davlat dasturi doirasida &ldquo;O&rsquo;zbekiston yoshlar ittifoqi&rdquo; qoshida &ldquo;Yoshlar &ndash; kelajagimiz&rdquo; jamg&rsquo;armasi tuzildi. Yoshlar biznes tashabbuslarini start-up g&rsquo;oya va loyihalarini amalga oshirishlari uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz miqdorda imtiyozli kreditlar va lizing xizmatlari ko&rsquo;rsatish hamda dastur doirasida &ldquo;Yosh tadbirkorlar&rdquo; coworking&nbsp; markazlari tashkil qilindi. Yangi O&rsquo;zbekistonning ma&rsquo;rifatli jamiyatini yaratishda barcha o&rsquo;zgarishlarning negizi hisoblangan ta&rsquo;lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Ayni vaqtda ta&rsquo;lim, shu jumladan, ijtimoiy soha uchun xarajatlar miqdori davlat byudjeti umumiy qiymatining yarmidan ko&rsquo;prog&rsquo;ini tashkil etmoqda. E&rsquo;tibor berib qaraydigan bo&rsquo;lsak, yangi ochilayotgan va ochilgan davlat tashkilotlari hamda xususiy tashkilotlarda rahbarlik yoxud shu kabi lavozimlarni biz kabi yoshlar egallab turibdi. Shu o&rsquo;rinda aytish joizki, o&rsquo;zim ham shu yoshlar qatorida bo&rsquo;lib endigina 1-kurs talabasi bo&rsquo;lishimga qaramay, o&rsquo;z soham ya&rsquo;ni jurnalistika sohasi bo&rsquo;yicha faoliyatimni boshladim. &ldquo;Guruch kurmaksiz bo&rsquo;lmaydi&rdquo; deganlaridek, hamma yoshlar ham yaratib berilayotgan sharoitlarga munosib javob qaytarayotgani yo&rsquo;q. Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo&rsquo;q. Zimdan e&rsquo;tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar (ayniqsa o&rsquo;smirlar ) u yerga borishib har xil buzg&rsquo;unchi g&rsquo;oyalar ruhidagi ur-sur, o&rsquo;ldir-yondir kompyuter o&rsquo;yinlarini o&rsquo;ynayotganligi, tuturiqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o&rsquo;tkazayotganligiga guvohi bo&rsquo;lyapmiz. Qisqacha qilib aytganda, ko&rsquo;plab yoshlar &ldquo;igromaniya ya&rsquo;ni kompyuterdan o&rsquo;rin olgan turli xil o&rsquo;yinlarga mukkasidan ketish kasalligiga chalingan. Bundan tashqari yoshlar o&rsquo;rtasida spirtli ichimlik, tamaki va giyohvand moddalarini iste&rsquo;mol qilib unga ruju qo&rsquo;yganlarning soni ham oz emas. Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarga va har xil &ldquo;date&rdquo; tanishuv chatlariga bog&rsquo;lanib qolmasligi maqsadida ularning bo&rsquo;sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va hozirgi kunda ommalashib borayotgan IT sohasini samarali o&rsquo;rganishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish zarur. Xulosa o&rsquo;rnida, agar jahondagi rivojlangan mamalakatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo&rsquo;lsak, ularda jamiyat hayotini o&rsquo;zgartirishga qaratilgan islohotlar, avvalo, yoshlar ta&rsquo;lim-tarbiya tizimidan boshlanganini ko&rsquo;ramiz. Ta&rsquo;lim va tarbiyaning asos hamda poydevori bu maktabdir. Shu jihatdan maktablardagi ta&rsquo;lim sifati zamon talablariga mos ravishda oshirib borilmoqda. Shu bois O&rsquo;zbekiston jamiyatining faol qatlami sifatida e&rsquo;tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga &ldquo;muammo&rdquo; deb emas, balki yurt ravnaqini ta&rsquo;minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqada. Axir, Yangi O&rsquo;zbekiston ma&rsquo;rifatli jamiyatini yaratish biz yoshlarning qo&rsquo;limizda emasmi?
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
26

Mirzoyeva, I.E, and SaydullayevaA. "O'ZBEKISTONDA KO'MIR KONLARI VA UNING ATROF- MUHITGA TA'SIRINING GEOGRAFIK JIHATLARI." PEDAGOGS international research journal 1, no. 1 (2022): 105–10. https://doi.org/10.5281/zenodo.5837489.

Full text
Abstract:
<strong><em>Annotatsiya: </em></strong><em>Ushbu maqolada O&lsquo;zbekistondagi ko&lsquo;mir konlari va ularning tarqalish geografiyasi hamda ko&lsquo;mir konlarining ekologik ahvoli to&lsquo;g&lsquo;risida ma&rsquo;lumot berilgan.</em> <strong><em>Аннотация:</em></strong><em> В статье представлена информация об угольных месторождениях Узбекистана и географии их распространения, а также об экологической ситуации на угольных месторождениях.</em> <strong><em>Annotation:</em></strong><em> This article provides information on coal deposits in Uzbekistan and the geography of their distribution, as well as the environmental situation of coal deposits.</em> Inson tabiat bilan hamisha uzviy aloqadorlikda yashaydi.Uning hayotini tabiatdan, tabiiy boyliklardan ayrilgan holda tasavvur etish mumkin emas. Nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, sanoat va qishloq xo&lsquo;jaligi uchun zarur bo&lsquo;lgan tabiiy zaxiralar-neft, gaz, ko&rsquo;mir, yoqilg&lsquo;i, har xil ma&rsquo;danlar bo&lsquo;lmasa, inson yashay olmaydi. Jumladan, Respublikamiz zaminining geologik jihatdan qadimdan juda murakkab paleogeografik rivojlanish jarayonlarni boshdan kechirganligi murakkab burmalanish hodisalari dengiz havzalarining vaqt-vaqti bilan quruqlikka bostirib kirganligi nurashning kuchli tarzda ro`y berganligi vulqon harakatlari va boshqalar natijasida xilma-xil tabiiy boyliklar tarkib topgan. Hozirgi kunga kelib, O`zbekistonda 2700 dan ortiq qazilma boyliklar konlari va istiqbolda ochilishi mumkin bo`lgan yangi konlar aniqlangan. Ularning 60 xilidan xalq xo`jaligida foydalanilmoqda. Shundan ko`mir xomashyo zaxirasi 2 mlrd tonnani tashkil qiladi. O`zbekistonda 20 dan ortiq ko`mir konlari va ko`mirli havzalar aniqlangan. Mamlakatimizda yiliga 3,5mln tonna ko`mir qazib olinmoqda.[1] Ko`mir sanoatining geografiyasi neft yoki gaz sanoatiga nisbatan keng emas, u faqat Toshkent (Angren) va Surxondaryo (Sharg`un va Boysun) viloyatlarida birmuncha rivojlangan xolos. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, qo`ng`ir ko`mirning iqtisodiy ahamiyati toshko`mirga nisbatan ancha past. Turli sabablarga ko`ra, bu ko`mir turidan qora metallurgiyada foydalanib bo`lmaydi; boz ustiga, qo`ng`ir ko`mirni, odatda ko`p saqlab bo`lmaydi. Binobarin, Angren qo`ng`ir ko`miridan asosan IESlarda foydalaniladi.[2] Mutaxassislarning fikriga ko`ra, bu yerdagi mahalliy jigarrang ko`mir boshqa konlarning xomashyosiga o`xshamaydi. Uning afzalligi ko`mirdan tashqari, boshqa foydali qazilmalar, jumladan kaolin (oq gil) ham qazib olinishidadir. Birlamchi kaolin esa ko`mir qatlamlarining ustki qismida joylashgan. Hozirda bu kondan yiliga o`rtacha 1 mln tonna kaolin qazib olinib, bu mamlakatning ushbu&nbsp; cho`kindi mineralga bo`lgan ehtiyojini qoplaydi. Qalinligi 60 m, chuqurligi 130-150 m gacha bo`lgan ko`mir konining ko`mir qatlamlariga yetish uchun esa barcha xavfsizlik choralariga rioya etgan holda to`g`ri harakatlanish kerak. Angren ko`mirini qazib olish, uni gazga aylantirish jarayoni bilan bog`liq bo`lgan ishlar natijasida ham Qurama tog` etaklaridagi konlar atrofida ko`plab surilmalar paydo bo`lgan. Ularning ichida eng kattasi Atchi surilmasidir. Uning hajmi 700 mln m<sup>3</sup>, sathi 12 km<sup>2 </sup>bo`lib, 80-170 m qalinlikdagi tog` jinslari qatlamlarining surilishi 1975 yildan beri davom etmoqda. Bunday surilmalar atrofidagi inshootlarni shikastlab, konga ham xavf tug`dirmoqda. Angren ko`mir koni- Toshkent viloyati Ohangaron vodiysidagi qo`ng`ir ko`mir koni.Qurama va Chotqol tog` etaklarida joylashgan bo&rsquo;lib 1940 yilga ishga tushirilgan. Havza maydoni qariyb 70 km<sup>2</sup>.Aniqlangan zaxirasi 860 ming, chuqurlikkacha 1,9 mlrd tonna. Ko`mir yura davri yotqiziqlari orasida.Yonish issiqligi 13,9 mj/ kg. Boysun toshko`mir koni- Boysun tog`ining janubi-g`arbiy tarmog`i bo`lgan Ketmonchopti tizmasining janubiy yonbag`rida 1940-yildan o`zlashtirila boshlagan.&nbsp;Ko`mir qatlamlari assimetrik ko`tarilgan Ketmonchopti tog&rsquo;ida taxminan 25 km&sup2; maydonni egallagan.Kon geomorfologik va tektonik jihatdan 3 qismdan iborat. Quyi, o`rta yura jinslari orasidan 22 ta ko`mir qatlami topilgan, shuning ikkitasidan ko`mir qazib olinadi. &nbsp; &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Sharg`un ko`mir koni - Hisor tog`tizmasining janubi-g`arbiy tarmog`ida joylashgan bo&rsquo;lib, 1941- yilda ochilgan Surxondaryo viloyatidagi kon. Sharg`un ko`mir koni quyi va o`rta yura davriga mansub ko`mirli yotqiziqlar ichida topilgan. Ko`mir yotqiziqlarining umumiy qalinligi 26 m. Ko`mir qatlami Guliob soyidan Obizarang soyigacha &ndash; g`arbdan sharqqa 10 km ga cho`zilgan. Sharg`un ko`mir koni eng yirik qatlamining qalinligi 12,5 m;qatlamlarning o`rtacha qalinligi 4,6 m Sharg`un ko`miri &ndash; toshko`mir bo`lsa ham maydaroq va yumshoqroq, yengil tozalanadi, fabrikada briketlanib, iste`molchilarga yuboriladi. Sharg`un ko`mir koninining zaxirasi 36 mln. t. yiliga 50 ming t ko`mir qazib olinadi. Sharg`un ko`miri karbid olish uchun xomashyo hisoblanadi.&ldquo;Sharg`un ko`mir&rdquo; konining yillik quvvati 100 ming tonnani tashkil etadi. Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni (ko`mir, temir va marganets rudalari, metall bo`lmagan xomashyo, torf va boshqalarni) qazib olish paytida kon chiqindilari egallagan yerlarning umumiy maydoni 2 million gektardan oshadi. Tuproq qazib olish, ayniqsa, ochiq usulda qazib olishda, yer yuzasi va yer osti qatlamlariga eng katta ta&#39;sir ko&#39;rsatadi.Yuqorida ta&#39;kidlab o`tilganidek, ushbu usul bilan yerning muhim maydonlari tortib olinadi, atrof-muhit har xil toksikantlar (ayniqsa og`ir metallar) bilan ifloslangan. Bilvosita ta`sirlar yer osti suvlari rejimining o`zgarishi, havo havzasi, yer usti suv oqimlari va yer osti suvlarining ifloslanishida namoyon bo&#39;ladi, shuningdek suv toshqini va botqoqlanishni keltirib chiqaradi, bu esa oxir-oqibat mahalliy aholi kasalliklari bilan kasallanishning ko`payishiga olib keladi.Havoni ifloslantiruvchi moddalar orasida eng ko`zga ko`ringanlari chang va gaz bilan ifloslanishdir. Hisob-kitoblarga ko&#39;ra, har yili konlar va konlarning yer osti qazib olish ishlaridan taxminan 200 ming tonna chang olinadi; dunyoning turli mamlakatlaridagi 4000 ga yaqin konlardan yiliga 2 milliard tonna ko`mir qazib olish atmosferaga 27 milliard m<sup>3</sup> metan va 17 milliard m<sup>3</sup> karbonat angidridning chiqishi bilan birga keladi. Mamlakatimizda ko`mir konlarini yer osti usuli bilan o`zlashtirish jarayonida havo havzasiga tushgan metan va karbonat angdrid miqdori ham har yili qayd etiladi:har yili Donbass (364 kon) va Kuzbass (78 kon) da 3870 va 680 million m<sup>3</sup> metan va karbonat angidrid chiqariladi.Qazib olish mexanik aralashmalar va mineral tuzlar bilan juda ifloslangan yer usti suv oqimlari va yer osti suvlariga salbiy ta&#39;sir ko`rsatadi. Har yili ko`mir konlaridan taxminan 2,5 milliard m<sup>3</sup> ifloslangan kon suvlari yer yuziga quyiladi. Ochiq usulda qazib olish, birinchi navbatda, yuqori sifatli toza suv resurslarini kamaytiradi.Sanoat korxonalari, ijtimoiy va kommunal xo`jalik sohasi, aholi ham qattiq yonilg`iga talabni yuzaga keltiradi.Ichki bozorda elektr energiyani ishlab chiqarishda foydalaniladigan tabiiy gaz va neft mahsulotlari kabi energetik resurslar o`rniga ishlatish maqsadga muvofiqligi, O`zbekiston energetik balansi tarkibida ko`mir ulushining oshirilishi ko`mir sanoati ustuvor rivojlanishining asosiy omili hisoblanadi. Ko`mir sanoati korxonalarining iqtisodiy faolligi shuni ko`rsatadiki, konlarda va ochiq konlarda asosiy ifloslantiruvchi moddalar ko`mir-tosh zarralari bo`lib, ular suv havzalariga chiqindi suv bilan kirib, suvning shaffofligini pasaytiradi, tubini va qirg`oqlarini suv bosadi. Botqoqlanish, suv omborlari hajmining kamayishi va ulardagi biologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Natijada baliqlar va barcha tirik mavjudotlar asta-sekin yo`q bo`lib ketmoqda. Bu turdagi ifloslanish ayniqsa Qarag`anda ko`mir havzasi uchun xosdir. Ko`mir korxonalarining chiqindi suvlari, shuningdek, konlar, ochiq konlar va qayta ishlash zavodlari, transport kommunikatsiyalari va boshqa kon ob`ektlarining yer usti oqimi suvlarini o`z ichiga oladi. Ko`mir qazib oluvchi korxonalar faoliyati tahlili shuni ko`rsatadiki, ularning suv havzalariga zararli ta`sirini cheklashning samarali chorasi - bu konlarning va konlarning kon ishlariga suv oqimini kamaytirish choralarini ko`rishdir, bu nafaqat hajmini kamaytiradi. oqova suvlar va tashish va tozalash xarajatlari, shuningdek, tabiiy zaxiralar va yer osti suvlarining sifat tarkibini saqlab qolish.Tog`- kon sanoati foydali qazilmalarni olishning 3 asosiy usulini o&#39;z ichiga oladi: shaxtali, ochiq usulda, quduq.Ularning har birining o`ziga xos ekologik muammolari bor. Katta hajmli karerlar va ochiq konlar, bu kuchli yer usti uskunalari paydo bo`lishi bilan mumkin bo`ldi. Ochiq yo`l u yanada progressiv hisoblanadi, chunki u sharoitni sezilarli darajada yaxshilaydi va mehnat unumdorligini oshiradi va foydali qazilmalarni qazib olishga imkon beradi.Ochiq konlar ko`mirning 38%, temir rudasining 88%, xromitning 96% va qurilish materiallarining deyarli 100% ni tashkil qiladi. Ko`mir konlarida atmosfera ifloslanishi muammosi ko`pincha chiqindilarga tushadigan sanoat bo`lmagan qatlamlardan ma`lum turdagi ko`mirning qobiliyati tufayli og`irlashadi. Katta ochiq konlar yaqinida havo mavjud bo`lganda, o`z &ndash;o`zidan yonish uchun, chuqurlik voronkalari hosil bo`ladi, ularning ichida yer osti suvlari sathining sezilarli pasayishi kuzatiladi, bu esa buloq va quduqlarning drenajlanishiga olib keladi. Qattiq foydali qazilmalarni kon va ochiq usulda qazib olishning ekologik muammolari melioratsiya yordamida hal qilinadi - buzilgan yerlarning hosildorligi va iqtisodiy qiymatini tiklash, shuningdek, ekologik sharoitni yaxshilashga qaratilgan ishlar majmui. Tabiiy resurslarni iste`mol qilishning tez o`sishi nafaqat antropogen ta`sirning miqdoriy ko`lamining o`zgarishi, balki tabiatga ta`siri ilgari ahamiyatsiz bo`lgan yangi omillarning paydo bo`lishi bilan hamroh bo`ladi. Tabiiy komponentlarga yetkazilgan zarar aniq oqibatlarga olib keladi va &quot;zamonaviy ekologik vaziyat&quot; tushunchasi bilan umumlashtirilgan bu ta`sirning (jamiyat uchun salbiy) teskari reaktsiyasini aks ettiradi. Mamlakatimizda tog`-kon ishlarining atrof-muhitga salbiy ta`sirini oldini olish maqsadida keng ko`lamli tadqiqotlar olib borilmoqda. Xulosa o`rnida aytish joizki, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish har qanday davlatning kelajakda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining ustuvor yo`nalishlaridan hisoblanadi.Atrof-muhit tarkibiy qismlarining sifatini saqlab qolish va yaxshilash inson salomatligini muhofaza qilish uchun atrof-muhitni boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarni aniqlash atrof-muhitni boshqarish tizimini doimiy ravishda tahlil qilib, baholab borish lozim.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
27

Xursanov, Nurislom. "DRAMALARDA METOFORALARNING SOTSIAL XOSLANISHI (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 4, S/4 (2024). http://dx.doi.org/10.47390/spr1342v4si4y2024n24.

Full text
Abstract:
Dramatik diskursda qo‘llangan metaforik komponenetlarning konseptual va kontekstual semalari o‘rtasida muayyan tafovut mavjud bo‘ladi. Ingliz dramalaridan farqli o‘laroq o‘zbek dramalarida metaforalarning qo‘llanilish chastotasi yuqori. Bu esa fikrni ifodalashdagi yana bir madaniy belgilardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Metaforalarning muayyan jamiyat qatlami vakillarigagina taalluqli sotsial qatlam doirasida qoʻllanuvchi tipini alohida sotsial metaforalar yoki sotsiometaforalar nomi bilan guruhlash joiz. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek dramalarida qo‘llanilgan metaforalarning personaj nutqida ijtimoiy xoslanishi borasida ayrim mulohazalar keltirilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
28

Sultonova, Nazokatxon Otabek qizi. "O'ZBEKISTON IJTIMOIY ISH KASBIY FAOLIYATINING USTUVOR VAZIFALARI." Tafakkur manzili, April 10, 2023. https://doi.org/10.5281/zenodo.7812758.

Full text
Abstract:
Annotatsiya: Ushbu maqolada yurtimizda hech kim mehr va e&#39;tibordan chetda qolmayotgani, davlatimiz tomonidan barcha qatlam vakillariga munosib turmush sharoitlari yaratilibgina qolmay, ularni har tomonidan qollab-quvvatlash borasida ham mana shunday ishlar amalga oshirilayotgani, natijada esa ijtimoiy zaif qatlamning faol hayotga qaytishi hamda amaliy ishlari bilan orqali yurtimiz rivojiga munosib xissalarini qo&rsquo;shishga erishililayotganligi yoritib berilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
29

Sharofiddin, Xonimov. "Мамлакатимиз таянчи ва суянчи бўлган ёшларимизни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, энг муҳими уларни сифатли таълим билан қамраб олиш бугунги куннинг энг долзарб масаласи". 14 лютого 2023. https://doi.org/10.5281/zenodo.7638195.

Full text
Abstract:
O&lsquo;zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi, aholimizning 60 foiziga yaqinini mazkur qatlam tashkil qiladi.Yoshlar ayniqsa, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni buguni kun talabidan kelib chiqib ma&rsquo;naviy va mafkuraviy jihatdan salohiyatini yuksaltirish hamda ular o&lsquo;rtasidagi ijtimoiy ma&rsquo;naviy muhit samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, yoshlarga oid davlat siyosati tushunchasi, uning nazariy-huquqiy asoslari masalalariga alohida to&lsquo;xtalib o&lsquo;tilgan. Shuningdek, bugungi globallashayotgan zamonda makon tushunchasi, yoshlarga oid davlat siyosati yo&lsquo;nalishida informatsion xurujlarning ahamiyati haqida batafsil to&lsquo;xtalib o&lsquo;tilgan. Globallashuv jarayonlari davrida yoshlarning ma&rsquo;naviy va ijtimoiy qadriyatlariga ta&rsquo;siri katta ekanligini, yoshlar ma&rsquo;naviy salohiyatini yuksaltirishning tarixiy bosqichlarida har bir mamlakatning o&lsquo;z strategik siyosati belgilab olinishi maqolada alohida ilmiy asoslab keltirilgan. O&lsquo;zbekiston yoshlar mamlakati hisoblanadi, aholimizning 60 foiziga yaqinini mazkur qatlam tashkil qiladi.Yoshlar ayniqsa, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni buguni kun talabidan kelib chiqib ma&rsquo;naviy va mafkuraviy jihatdan salohiyatini yuksaltirish hamda ular o&lsquo;rtasidagi ijtimoiy ma&rsquo;naviy muhit samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sherikchilik munosabatlari, yoshlarga oid davlat siyosati tushunchasi, uning nazariy-huquqiy asoslari masalalariga alohida to&lsquo;xtalib o&lsquo;tilgan. Shuningdek, bugungi globallashayotgan zamonda makon tushunchasi, yoshlarga oid davlat siyosati yo&lsquo;nalishida informatsion xurujlarning ahamiyati haqida batafsil to&lsquo;xtalib o&lsquo;tilgan. Globallashuv jarayonlari davrida yoshlarning ma&rsquo;naviy va ijtimoiy qadriyatlariga ta&rsquo;siri katta ekanligini, yoshlar ma&rsquo;naviy salohiyatini yuksaltirishning tarixiy bosqichlarida har bir mamlakatning o&lsquo;z strategik siyosati belgilab olinishi maqolada alohida ilmiy asoslab keltirilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
30

Umurzaqov, Uyg'un Abdutalipovich. "MILLIY G'OYA VA MAFKURANING DAVLAT IJTIMOIY SIYOSIY RIVOJIDA TUTGAN O'RNI." April 26, 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.6492403.

Full text
Abstract:
Ushbu maqolada, milliy gʻoya &mdash; muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy g&#39;oya oʻz mohiyatiga koʻra, xalq, millat taqdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Mafkura&nbsp; muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar boʻlganligi&nbsp; haqidagi fikr mulohazalar yuritiladi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
31

Alisherova, Zarnigor. "MA'NAVIYAT VA MAFKURA, ULARNING JAMIYAT, INSON HAYOTIDA TUTGAN O'RNI VA ROLI." May 18, 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.6561114.

Full text
Abstract:
Ma&rsquo;naviyat va mafkura bir-birlari bilan mustahkam bog&lsquo;langandir. Ma&rsquo;naviyat insonning ruhiyati, o&lsquo;zini &ndash; o&lsquo;zi anglashi, yuksaklikka intilishidagi salohiyati bo&lsquo;lsa, &laquo;Milliy istiqlol g&lsquo;oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar&raquo; konsepsiyasida ko&lsquo;rsatilishicha &laquo;Mafkura-muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o&lsquo;zida mujassam etadigan g&lsquo;oyalar tizimidir&raquo;
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
32

Ziyodbek, Abdullaev Mansurovich, and Komilova Xotamjon qizi Muxtaram. "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA URFDAGI/MODA ISMLAR." November 2, 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.7274661.

Full text
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
33

Madraximova, Shoxista Baxrom qiz. "AHOLINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI." January 22, 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.10548898.

Full text
Abstract:
Rivojlanib borayotgan iqtisodiyot bilan bir paytning o&lsquo;zida o&lsquo;sib borayotgantalabning o&lsquo;zaro uyg&lsquo;unlikda ehtiyojlarni moddiylashtirish jarayonida yaratilgan moddiyne&rsquo;matlar yaratishda jamiyatning ijtimoiy tarkibi o&lsquo;z xissasani qo&lsquo;shib bormoqda,vaholangki jamiyatning ijtimoiy tarkibi iqtisodiy o&lsquo;sishga o&lsquo;z hissasini qo&lsquo;shib kelmoqda,aholining o&lsquo;rta sinf qatlami undagi iqtisodiy faol aholi jamiyatda o&lsquo;z o&lsquo;rniga ega bo&lsquo;lib,uning o&lsquo;sish omillaridan sarmoyalar, inson kapitalini o&lsquo;rganishga katta qiziqishuyg&lsquo;otmoqda.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
34

Хоlmirzаyеv, Аbdulхаmid. "KAMBAG‘ALLIKKA QARSHI KURASHISHNING OMILLARI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 4, no. 11 (2024). http://dx.doi.org/10.47390/spr1342v4i11y2024n18.

Full text
Abstract:
Maqolada kambag‘allik tushunchasi, milliy iqtisodiyotda kambag‘al aholi qatlami qisqartirishning ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik va iqtisodiy rivojlanish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘uicha taklif hamda tavsiualar berilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
35

G‘aybullayeva, Laylo. "MAHALLADA YOSHLAR SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA IJTIMOIY-FALSAFIY RIVOJLANISH MASALALARI." Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. 4, no. 3 (2024). http://dx.doi.org/10.47390/spr1342v4i3y2024n29.

Full text
Abstract:
Maqolada jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mahalla yoshlari orasida rivojlanishi, ularning ma’anviyat, ta’lim, ijtimoiy hayot sohalarida siyosiy faol qatlamga aylanishiga doir masalalar falsafiy tarzda ilmiy tadqiq etilgan. Unda yoshlarning o‘zlari yashayotgan mahalla rivojlanishiga siyosiy jihatdan ko‘makchi bo‘lishi lozim bo‘lgan ijtimoiy qarashlar zamonaviy bilimlar asosida yoritilgan. Yoshlarning jamiyatda siyosiy faolligini oshirishda ijtimoiy-falsafiy qarashlar o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, ularni har bir inson chuqur anglashi ertangi kun ravnaqiga xizmat qilishi ochib berilgan.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
36

Quvоnоv, S.Z. "XVI ASR MA'NAVIY HAYOTIDA YASSAVIYA TARIQATI ALLОMALARI". 10 травня 2024. https://doi.org/10.5281/zenodo.11175022.

Full text
Abstract:
E&rsquo;tiqod va din ijtimoiy hodisa sifatida tarixdan inson, jamiyat va davlat hayotida muhum o&rsquo;ringa ega hodisa sifatida o&rsquo;z tasirni ko&rsquo;rsatib kelgan.&nbsp; Islоm dinining ajralmas qismi sanalgan tasavvuf ta&rsquo;limоti jamiyat hayоtida dinni mustahkamlash, targ&lsquo;ib еtish, islоmiy ilmlarni rivоjlantirishda о&lsquo;ziga xоs mavqеiga еga bо&lsquo;ldi. XVI asrga kеlib, tasavvuf ta&rsquo;limоti butun islоm оlamida, ayniqsa, Mar&shy;kaziy Оsiyоda yuksak darajada rivоjlandi va mamlakat ijti&shy;mоiy-siyоsiy va ma&rsquo;naviy hayоtida muhim ahamiyat kasb еta bоshladi. Markaziy Оsiyоda vujudga kеlgan Yassaviya (XII asr), kub&shy;rоviya (XIII asr) va xоjagоn-naqshbandiya (XII asr) tari&shy;qatlari vakil&shy;lari ijtimоiy-siyоsiy hayоtda faоl ishtirоk еtib xalqning, millatning ma&rsquo;naviy qiyofasining shakllanishining asosi bo&rsquo;lib keldi.&nbsp; Bu tariqatlar о&lsquo;z taraqqiyоti davоmida mahalliy urf-оdat va madaniyatga islоmiy an&rsquo;analarni mоslashtirish hamda siyоsiy hayоtda yеtakchilik qilishga intilganliklari bi&shy;lan ajralib turishlarini alоhida qayd еtib о&lsquo;tish lоzim.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
37

Shodiyeva, Madinabonu Isroilovna. "MAHALLA BOSHQARUVIDA XOTIN QIZLARNING AHAMIYATI VA O'RNI." October 6, 2022. https://doi.org/10.5281/zenodo.7151193.

Full text
Abstract:
O&lsquo;zbekistonda mahallaning shakllanish davri juda uzoq o&lsquo;tmishga borib taqalashi bilan birga dunyodagi eng nodir o&lsquo;zini-o&lsquo;zi boshqaruv instituti sifatida mashhurligi bilan ham ajralib turadi. Mahallaning o&lsquo;ziga xos falsafiy tomonlari bor-ki, ularda: mahalla joylagan o&lsquo;rni, tabiiy sharoiti, ijtimoiy faollik dinamikasi, resurslari, mehnat munosabatlarining tashkil etilishi, bandlik, ehtiyojmand aholi qatlami, hanuzga qadar mukammal tarzda tadqiqot etilmagan. O&lsquo;zbekiston iqtisodiyotida, xususan ayollar ijtimoiy faolligi oshganligini so&lsquo;nggi 4 yil ichida keskin sur&rsquo;atda oshdi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan buyuk islohotlarda sharqona milliy mafkuramizni tiklash va unga sayqal berish ustuni, tarbiya maskani, mehroqibat bulog&lsquo;i, ezgulik beshigi bo&lsquo;lgan &ndash; mahallalarimizning fuqarolik jamiyati instituti asosini tashkil etuvchi alohida o&lsquo;ringa ega ekanligini ilmiy asoslash asosiy maqsad etib belgilandi. &nbsp;
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
38

M.A., Bozorova. "UMUMTА'LIM MАKTАBLАRIDА DINIY АLLYUZIYALАRNI OʼQITISHNING ILMIYMETODIK АSOSLАRI". 4 травня 2025. https://doi.org/10.5281/zenodo.15337797.

Full text
Abstract:
сhet el adiblari asarlarida allyuziyalar alohida tizim sifatida shakllangan boʼlib, ularning mohiyat-mazmuni boʼyicha oʼquvchilarga bilim berish hozirgi taʼlimda dolzarblik kasb etib turibdi. Аyonki, ijtimoiy voqelik inson ongida kontsept va analogiyalar sifatida shakllanadi. Fanda bilim tuzilmalarining ikki turi ajratiladi: lingvistik (grammatik, fonetik, leksik, frazeologik, soʼz tuzilishi, semantik, stilistik bilimlar); ekstralingvistik (tildan tashqari, madaniy bilimlar: sanʼat, adabiyot, tarix, din; kommunikativ: soʼzlashuv jarayoni, maʼlum madaniy qatlamda qabul qilingan odob-axloq qoidalari, estetik meʼyorlar haqidagi bilimlar). Yuqorida keltirilgan bilim tuzilmalarining hech biri ikkinchisini inkor qilmaydi, balki ular bevosita hamda bilvosita aloqada boʼlib turadi. Аnglashiladiki, din bilim tuzilmasida asosiy oʼrin tutadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
39

M.A., Bozorova. "UMUMTА'LIM MАKTАBLАRIDА DINIY АLLYUZIYALАRNI OʼQITISHNING ILMIYMETODIK АSOSLАRI". 4 травня 2025. https://doi.org/10.5281/zenodo.15338169.

Full text
Abstract:
chet el adiblari asarlarida allyuziyalar alohida tizim sifatida shakllangan boʼlib, ularning mohiyat-mazmuni boʼyicha oʼquvchilarga bilim berish hozirgi taʼlimda dolzarblik kasb etib turibdi. Аyonki, ijtimoiy voqelik inson ongida kontsept va analogiyalar sifatida shakllanadi. Fanda bilim tuzilmalarining ikki turi ajratiladi: lingvistik (grammatik, fonetik, leksik, frazeologik, soʼz tuzilishi, semantik, stilistik bilimlar); ekstralingvistik (tildan tashqari, madaniy bilimlar: sanʼat, adabiyot, tarix, din; kommunikativ: soʼzlashuv jarayoni, maʼlum madaniy qatlamda qabul qilingan odob-axloq qoidalari, estetik meʼyorlar haqidagi bilimlar). Yuqorida keltirilgan bilim tuzilmalarining hech biri ikkinchisini inkor qilmaydi, balki ular bevosita hamda bilvosita aloqada boʼlib turadi. Аnglashiladiki, din bilim tuzilmasida asosiy oʼrin tutadi.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
40

Rahmonov, Oybek Ravshan o'g'li. ""KATTA QIRGʻIN"NING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OQIBATLARI, BUXORO OʻLKASI MISOLIDA." 14 березня 2025. https://doi.org/10.5281/zenodo.15023246.

Full text
Abstract:
<em>Ushbu maqolada 1930-1935 yillar davomida Buxoroda Stalinning buyuk terrori davrida qatag'onga uchragan shaxslar ko'rib chiqiladi. Unda Sovet hokimiyati tomonidan nishonga olingan kishilar toifalari, jumladan, Buxoro amirligining sobiq amaldorlari, diniy ulamolar, ziyolilar va kollektivlashtirishga qarshilik ko&lsquo;rsatgan dehqonlar o&lsquo;rganiladi. Arxiv materiallari, shaxsiy guvohlik va tarixiy tadqiqotlardan foydalangan holda, tadqiqotda qamoqqa olish, qatl qilish, majburiy mehnat lagerlari va surgun kabi qatag&lsquo;on usullari tahlil qilinadi. Maqolada bu tozalashlarning ijtimoiy va madaniy oqibatlari yoritilgan, Buxoroning tarixiy va intellektual merosiga uzoq muddatli ta&rsquo;sir ko&lsquo;rsatilgan.</em>
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
41

Axralova, Marg'uba Akmalxanovna. "RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASHNING O'ZIGA XOS PEDAGOGIK JIHATLARI VA MODELLARI." Research Focus International Scientific Journal 4, no. 4 (2025). https://doi.org/10.5281/zenodo.15384748.

Full text
Abstract:
<strong>RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA YOSHLAR BILAN ISHLASHNING O&lsquo;ZIGA XOS PEDAGOGIK JIHATLARI VA MODELLARI</strong> <strong>Axralova Marg&lsquo;uba Akmalxanovna</strong> Namangan Davlat Universiteti mustaqil izlanuvchisi E-pochta: marjonaaxralova1@gmail.com <strong>https://doi.org/10.5281/zenodo.15384748</strong> <strong>Anotatsiya: </strong>Yevropa Ittifoqida 14,6 foiznigina tashkil etadigan 30 yoshgacha bo&lsquo;lgan aholi qatlami iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan quyi ko&lsquo;rsatkich sifatida e&rsquo;tirof etilmoqda.&nbsp; Parij Universiteti, Stogolm Qirollik Akademiyasi va Madrid Tadqiqotlar Markazi&nbsp; pedagogik professorlari yosh qatlamning stabil o&lsquo;sishini ta&rsquo;minlovchi yagon chora, ular bilan pedagogik ishlash metodlarini ya&rsquo;nada takomillashtirish ekanligini ta&rsquo;kidlab o&lsquo;tishdi. Ushbu maqolada rivojlangan mamlakatlarda yoshlar bilan ishlashning o&lsquo;ziga xos pedagogik jihatlari va modellari yoritib berilgan.<strong> </strong> <strong>Kalit so&lsquo;zlar: </strong>Zamonaviy ta&rsquo;lim va tarbiya paradigmalari, Germenevtik falsafa, fenomenologik reduktsiya, yoshlar markazlari.
APA, Harvard, Vancouver, ISO, and other styles
We offer discounts on all premium plans for authors whose works are included in thematic literature selections. Contact us to get a unique promo code!

To the bibliography