Mirzakarimov, Azizbek Malikovich, Yayraxon Noibjonovna Abdug'afforova, and Javlonbek Xomidjonovich O'sarov. "KASBGA YO'NALTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI." PEDAGOGS international research journal 2, no. 1 (2022): 140–45. https://doi.org/10.5281/zenodo.5919902.
Abstract:
<strong>Annotatsiya: </strong>Mazkur maqolada о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanlashda shaxs hislatlari, о‘quvchi psixologiyasi, o‘quvchilarni kasb tanlashga tayyorligini ko‘rsatuvchi mezonlar mazmuni haqida ma’lumot berilgan. Mavzu yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo’nalishi – bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intelekt va ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag’batlantirish muhim yo’nalish sifatida kelmoqda. Pedagogning kasbiy layoqatliligini tarbiyalash fenomenini tadqiq qilishga bir qator olimlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Bu mualliflar kasbiy layoqatlilik – ishonchlilik sifatlari bilan birgalikda o’qituvchining kasbiy – individual hodisa sifatida pedagogik madaniyatini tavsiflaydi degan fikrni olg’a surganlar. O’z navbatida, kasbiy layoqatlilik tushunchasi, V.A.Slastenin ta’kidlaganidek, pedagogning pedagogik faoliyatini amalga oshirishga nazariy hamda amaliy tayyorligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy shakllanganligini tavsiflaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida to`g’ri kasb tanlashning ahamiyatini turli xil kasblarning insonga qo`yadigan talablarini; kasblar olami, kasblar shajarasi, O`zbekiston xalq xo`jaligidagi muhim kasblar, kasblar tasniflagichi; kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi; kasblar, mehnat shart-sharoitlari, vositalari, fani, maqsadi bo`yicha shajaralanishi, o`quvchilarni o`z qiziqish va moyilliklari, o`z xarakterining o`ziga xos xususiyatlarini, o`z nerv tuzilishi, psixikasi, o`z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar to`ғrisida ma’lumot olish maktablarini ayrim kasb mehnat bozori talablari asosida ehtiyojning o`zgarib borishini, salomatligining tanlagan kasbiga mos kelishi, hududda joylashgan o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarida ta’lim yo`nalishini ixtiyoriy tanlashi; o`qishni davom ettirish imkoniyatlari. Kelgusi mavqeini bilishi zarur. O`quvchilar kasblarni tahlil qila olishi; o`zlarining shaxsiy sifatlarini, qiziqishini va salomatlik darajalarini to`g’ri baholay olishlari, kasblarning insonga qo`yadigan talablari bilan o`zlarining individual xususiyatlarini taqqoslay olishlari, shaxsiy kasbiy rejalarini tuza olishlari zarur. O`quvchilar Xalq xo`jaligi asoslari bo`limi bo`yicha xalq xo`jaligi sohalarini, xalq xo`jaligida ro`y berayotgan islohotlarni, bozor iqtisodiyoti talablarini, davlat xususiy korxonalarini, kooperasiya, firma, shirkat, konsernlar, ularda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, texnologik jarayonlar, mahsulotlarni tayyorlash bosqichlari, tabiatni ishlab chiqarishning zararli ta’siridan muhofaza qilish, mahsulot qiymatini arzonlashtirish yo`llari, qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning davriyligini, maromli, oqimligi; ishlab chiqarishni rejalashtirish, irrigasiya va meliorasiya ishlarini; mehnat qonunchiligini. Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning faqarolarining aqliy jihatdan yetukligi va axloqiy salohiytining yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq. Asrlar davomida saqlanib kelinayotgan xalqning boy intelektual merosi hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida madaniyat, ma’rifat, fan-texnologiya va iqtisodiyotning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Shu jumladan ta’lim, ilm-fan sohasida ham bir qator o’zgarishtirishlar kiritilmoqda. Bu o’zgartirishlar bevosita kelajak avlodning barkamol shaxs bo’lib yetishishiga xizmat qiladi.Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan o’quvchi yoshlarda umumiy o’rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim, ko’nikma va malakalar asosida shakllantirish, ta’lim oluvchilarga bilim, ko’nikma va malakalrning zaruriy hajmini berish,ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Kasblar bo’yicha birlamchi bilim, ko’nikmalarni shakllantirish uchun professional tashxislash va kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha choralar amalga oshirilmoqda¹. Bu borada respublikamizda “ O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazi” tashkil etilgan. Bu markaz O’zbekiston Republikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida ko’zda tutilgan jamiyat ehtiyoji va mehnat bozori talablari asosida o’quvchilarning o’z qiziqishlari, qobiliyatlari va sog’liqlariga mos bo’lgan kasb-hunarlarni tanlashlariga ko’maklashadi. Ushbu markaz o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va o’rnatilgan tartibga amalga oshirish, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining kasb-hunarga yo’naltirish respublika tizimini tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot- ma’lumot va dasturiy ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis ishlari holatini nazorat qilish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish, tegishli dasturlar, me’yoriy hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqish; mamlakatimizdagi va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini umumlashtirish, ommalashtirish va hayotga tadbiq etish; barcha bosqichdagi o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis markazlari va ta’lim muassalaridagi kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi yuklatilgan mutaxassislarning malakasini oshirish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqish; umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarining hayotiy va kasbiy o’zligini anglash borasidagi ustuvor dasturlar va muammolar bilan ishlash respublika tashxis markazining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi².